A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
«O‘zbek terminologiyasi»ning nolingvistik sohalar bilan
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbek terminologiyasi» fanining mantiq bilan aloqasi.
- «O‘zbek terminologiyasi» fanining psixologiya bilan aloqasi.
«O‘zbek terminologiyasi»ning nolingvistik sohalar bilan
aloqasi. 1. «O‘zbek terminologiyasi» fanining falsafa bilan aloqasi. «O‘zbek terminologiyasi» xususiy tilshunoslik siklidagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Chunki falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan, dialektika, sinergetika, termin va tafakkur haqidagi ta’limot fanning metodologik asoslarini tashkil etadi. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi, bir tomondan tilshunoslikning maqsad va vazifalarini tushunishga, xususiylik va umumiylik mezoni ostida tilshunoslik qoidalarini to‘g‘ri belgilash, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanishga yordamlashadi, ikkinchi tomondan, falsafa fanidagi barcha terminlarni o‘rganish va me’yorlashtirish aynan terminologiya zimmasiga yuklatiladi. «O‘zbek terminologiyasi» fanining mantiq bilan aloqasi. Inson o‘z ona tilini o‘rganishi tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining inson ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning aloqadorligi darslarda ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi. Mantiq to‘g‘ri fikrlash va rivojlanishni o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino v.h.) rivojlanishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 23 «O‘zbek terminologiyasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. Fanni tashkil etish va uni o‘qitish shaxs psixologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. Bu aloqadorlik avvalo shaxsning yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘rganilgan til hodisalarini xotirada tiklash, ularni yangi sharoitda qo‘llash, til hodisalarini qiyoslash yoki ularni o‘xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. Shuning uchun shaxs psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish ko‘rishi lozim. Ma’lumki, ehtiyojlar insonni ma’lum yo‘nalishda ongli ravishda harakat qilishga undaydi. Bundan asosiy maqsad odamlar bilan hamkorlik qilishi, muloqotga kirishishidir. Muloqot vaziyatida inson til, imo-ishora, yuz ifodasi, qo‘l harakatlari va muayyan ramziy belgilar vositasida boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu vositalardan kerakligini tanlab olish «Psixologiya» fanining ham, «O‘zbek terminologiyasi» fanining ham vazifasidir. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling