A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Terminografiya – maxsus terminologik lug‘atlarni tuzish
prinsiplari ishlab chiqiladigan soha. Jahon terminologiya tizimini ko‘zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik qarashlarni tanqidiy o‘rganish, o‘tmishning eng yaxshi lingvistik an’analarini rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog‘liq: a) terminologiya sohasi yutuqlariga nisbatan bo‘lgan noto‘g‘ri lingvistik munosabatga barham berilishi; b) termin, terminologiya, terminografiyaga ijodiy yondashish vujudga kelishi; v) hozirgi zamon terminologiyasining ko‘pgina hal qilinmagan muammolarini o‘rganish uchun o‘tmish terminologiyasi yutuqlarini tanqidiy nuqtai-nazardan ko‘zdan kechirish zarurligini amaliy jihatdan isbotlashi. Terminologiya tarixiga uning qadimgi Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Rimdagi shakllanishidan tortib to o‘rta asrlar, uyg‘onish davri va yangi asrlardagi jahon bo‘yicha rivojlanishi, taraqqiyot bosqichlari kiradi. Bu davrlar terminlarning tabiati va uning paydo bo‘lishi, terminlarni tasniflash, so‘z va terminning farqi, so‘z va termin o‘rtasidagi munosabat va boshqa muhim hamda dolzarb muammolarni o‘rtaga qo‘yish nuqtai nazardan alohida ahamiyatga egadir. Bugungi kunda dunyoda 20 mingdan ortiq terminologik standartlar mavjud. Terminologik tizimlarni tashkil qilish uchun maxsus standartlar nafaqat davlat va xalqaro miqyosda, balki ayrim kompaniyalar va firmalarda ishlab chiqilgan. Bunday sharoitda atamalar va terminologik tizimlarni birlashtirish nafaqat ilmiy, balki amaliy vazifadir. Tizim atamalarining noaniqligi, omonimiya, tizimlar o‘rtasida muvofiqlikning yo‘qligi ilmiy va texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarishni rivojlantirishga jiddiy to‘siqdir. Shunga ko‘ra, terminologiya sohasi muammolarining takomilini o‘rganish fan tarixidagi qarashlarni chuqur A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 18 tushunishga, terminlarni o‘rinli qo‘llay olishga, ularning izohini bilish, to‘g‘ri izohlay olishni talab qiladi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling