A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152
 
4-topshiriq. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing.
1. ………………………..- ma’lum bir soha emas, balki umuman 
terminologiya qonunlari, paydo bo‘lishi, terminning jamiyatdagi o‘rni va 
vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. 2. ……………….. - aniq bir 
terminlarning qurilishidagi xususiyatlar o‘rganilib, umumiy, universal 
terminologiya qonuniyatlariga qiyoslanadi. Bunda barcha terminlar, 
ularning 
kelib 
chiqishidan 
qat’iy 
nazar 
o‘rganilaveradi. 3. 
……………….. - turli tillar terminlarining umumiy va o‘ziga xos 
xususiyatlari qiyosiy tarzda o‘rganiladi. 4. …………….. - fan, texnika 
va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan
ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z 
birikmasi. 5. Bir ma’noli tushunchalarning nomlari, shuningdek ma’lum 
bir xil miqdordagi bir xil shaklda takrorlanadigan ma’lum ommaviy 
mahsulotlar nomlari .............deb ataladi. 6. Maxsus leksemalar bo‘lib, 
yangi yaratilgan tushunchalarga murojaat qilish uchun terminlar sifatida 
ishlatiladi, ammo ular terminlarning asosiy talablariga javob bermaydi. 
Bu - ................dir. 6. ….............. – tilshunoslikda til tizimining 
terminlarini o‘rganuvchi soha. 7. Maxsus terminologik lug‘atlarni tuzish 
prinsiplari ishlab chiqiladigan soha .................dir. 8. Terminologiya 
termini birinchi marta ………….-yili ……………..da professor ………, 
rus tilida ……….. 
tomonidan qo‘llangan. 
 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
31 
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq.
 Nazorat uchun savollar. 
1. «O‘zbek terminologiyasi» fanining o‘rganish obyekti nima? 
2. «O‘zbek terminologiyasi»ning predmeti, maqsad va vazifalari 
haqida nimalarni bilasiz? 
3. «O‘zbek terminologiyasi»ning leksikologiya bilan aloqadorligi 
nimada ko‘rinadi? 
4. Terminologiya va leksikologiya obyektlari o‘rtasida qanday farq 
mavjud? 
5. Terminologiya tarmoqlari haqida fikrlaringizni bildiring. 
2-topshiriq. Berilgan matndan terminlarni topib, daftaringizga 
yozib oling. Terminlarning izohini keltirib, qaysi fan sohasiga tegishli 
ekanligini ayting.
Ko‘pincha biror reaksiyani olib borishda va moddalarni tozalashda 
yengil uchuvchan organik erituvchilarni qizdirishga to‘g‘ri keladi. 
Bunday hollarda erituvchi uchib ketmasligi uchun sovitqichlardan 
foydalaniladi. Sovitqichlar suyuqlik bug‘larini kondensatlash uchun 
ishlatiladi, ular bir necha xil bo‘ladi: havo sovitqichlari, suv 
sovitqichlari. 
Havo sovitqichlari yuqori haroratda qaynaydigan suyuqliklarni 
haydash uchun ishlatilidi. Sovituvchi – havodir. Suv bilan sovutilganda, 
sovituvchi suv bo‘ladi. Kimyo laboratoriyasida deflegmatorlar ham 
ishlatiladi. Ular suyuqlik aralashmalarini ajratib olish imkonini beradi. 
Laboratoriya voronkalaridan suyuqliklarni bo‘g‘zi tor idishlarga 
quyish, 
filtrlash 
uchun 
foydalaniladi. 
Ajratish 
voronkalari 
aralashmaydigan suyuqliklarni ajratib olish, ekstraksiyada ishlatiladi. 
Tomizgich voronkalardan sintez davomida suyuqliklarni tomizish uchun 
foydalaniladi. 
Eksikatorlar gigroskopik moddalarni saqlash va quritish uchun 
ishlatiladi. 
 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
32 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling