A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
134
1. Termin – so‘zlarning
bir xili, ammo hamma otlar (ayniqsa,
sifatlar) ham termin hisoblanmasligi lozim. Terminlarning maxsus
termin ekanligi o‘zi qo‘llanayotgan sohada yaqqol ko‘zga tashlanadi.
2. Termin so‘zning ko‘pincha qo‘llaniladigan asosiy (bosh)
ma’nosiga
tayanadi, balki ko‘chma (yoki yasama) ma’nolariga
asoslanmaydi.
3.
Mantiqiy
ta’riflash
termin
sifatida
olingan
so‘zdan
anglashiladigan tushunchaning bir necha muhim belgisini ifodalash
demakdir. Bunda termin xususiy tushunchani ifodalasa, ta’riflash uchun
foydalanilgan so‘z umumiy tushunchani, keng tushunchani ifodalaydi.
4. Asosiy ma’no bilan ko‘chma ma’noda qo‘llangan termin
orasidagi aloqa uzoqlashib, pirovardida yo‘qolib ketadi.
Natijada,
odatdagi so‘zga omonim bo‘lgan termin hosil bo‘lgan.
5. So‘zning ma’nosi ko‘p hollarda murakkab bo‘ladi, uning asosini
tushuncha tashkil qilib, tushuncha ustiga kishiga ta’sir
qiladigan
qo‘shimcha emotsional-ta’sirchan ottenka - «bo‘yoq» qo‘shilmaydi.
6. Asosiy ma’no bilan termin anglatgan ko‘chma ma’no o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi va bu bog‘lanish anglashilib turadi.
7. Ba’zi terminlarning morfologik tuzilishida ko‘rsatilgan, erkalash
ma’nosini ifodalaydigan aforizmlar bo‘ladi. Ammo bunday aforizmlar
termin sostavida hech qanday erkalash atamasini ifodalamaydi.
8. Terminning ma’nosi sun’iy ravishda
semantik taraqqiyotdan,
o‘zgarishlardan to‘xtatilgan bo‘ladi. Ba’zan termin so‘zning ko‘chma
ma’noda qo‘llangandagi ma’nosini anglatsa ham, bu ko‘chma ma’no
o‘sha terminning birdan bir ma’nosi bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: