A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
148 
Terminlarning 
kattagina 
qismi 
umumiste’mol 
so‘zlarni 
metaforizatsiya qilish yo‘li bilan hosil qilingan. Termin yasashning bu 
usuli keng tarqalgani sabablari metaforizatsiyaning asosiy xarakterli 
xususiyatlari va terminning xos belgilari qiyoslashganda namoyon 
bo‘ladi: terminda uning nominativ funksiyasi alohida ta’kidlansa, 
metaforizasiya deb nomlash jarayonini amalga oshiradi; terminning 
asosiy xususiyatlaridan biri uning bir ma’noliligi-metaforizatsiya 
yordamida voqelanadigan ma’no semasiologik nuqtai nazardan bir 
planlidir; termin emotsional neytral, chunki metaforizatsiyada baholash 
unsuri bo‘lmaydi. 
Nomlarning funksional ko‘chishi shundan iboratki, u yoki bu 
predmet yoxud hodisaning nomi ular funksiyalarining umumiyligi 
asosida boshqa predmet yoki hodisaga o‘tadi. 
Asos qilib olingan so‘z va undan yasalgan termin orasidagi 
funksional 
o‘xshashlik nafaqat yangi predmet yoki hodisa 
nomlanayotganda, balki umumiste’mol so‘z va termin mavjud bo‘lgan 
va qo‘llangan paytda ham saqlanib qoladi. Bu leksik-semantik terminlar 
ma’nolari orasidagi aloqa faqat etimologik xarakterda bo‘lmaydi. Ular 
orasida funksional aloqa ham saqlanib qoladi. Shu bilan birga, 
terminologik ma’no umumiste’moldagi so‘z taraqqiyotining izchil 
tarixiy bosqichini o‘zida namoyon etadi
1

Tabiiyki, metafora tufayli so‘zda yuzaga keladigan ikkilamchi 
nominatsiya imkoniyati, ya’ni so‘z shaklan o‘zgarmasdan qolgani holda 
unga yana boshqa tushunchani ifodalash vazifasini yuklash imkoniyati 
tilda son-sanoqsiz yangi so‘zlar paydo bo‘lishining oldini oladi, inson 
xotirasini mazkur og‘ir yukdan qutqaradi. Bu holat terminologiya 
amaliyoti, ilmiy kommunikatsiya jarayonlarini yanada qulaylashtirish 
uchun ham benihoya muhimdir. Chunki ilmiy nutqda maxsus 
birliklarning terminologik ma’nosi «ishlasa»-da, uning dastlabki, asl 
1
Саидова А.Д. Терминология системасининг дефиниция талқини (инглиз тили мисолида). Фалсафа доктори 
диссертацияси (PhD) автореферати. – Самарқанд, -2019.24 б.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
149 
ma’nosi termin asosidagi tushunchaga u yoki bu darajada ishora qilib 
turadi. Atoqli o‘zbek terminshunosi R.Doniyorov T.A.Degterovaning 
«Agar kishilik tafakkurida yuzaga keladigan har qanday tushunchani 
alohida-alohida tovush kompleksi bilan ifodalashga muhtojlik 
sezilganda, tilning lug‘at sostavi shu qadar ko‘p so‘zlardan iborat bo‘lib 
qolar ediki, natijada til kollektivining tilni egallab olishi nihoyatda 
qiyinlashib qolardi, til shu qadar tez o‘sib ketardiki, jamiyat hayotida 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan muomalaviy qiyinlik tug‘ilardi», - degan 
fikrlarini iqtibos qilar ekan, o‘zbek tili texnik terminologik sistemasida 
semantik usul bilan, ayniqsa, metafora yo‘li bilan hosil qilingan 
terminlar ko‘plab uchrashini ta’kidlaydi
1
.
Terminologiya va metafora munosabati haqida gap ketganda, yana 
bir muhim jihatga to‘xtab o‘tish lozim. O‘zbek tili ilmiy uslubini 
monografik aspektda tadqiq etgan M.Mukarramov terminlardagi leksik-
semantik jarayonlar haqida fikr yuritar ekan, shunday yozadi: 
«Terminologiyada ma’no taraqqiyoti metaforik ko‘chirish orqali hosil 
qilinmaydi. Ya’ni bir termin anglatgan shakl, belgi, harakat yoki 
mazmun orqali boshqa terminni atash xususiyati yo‘q. Balki terminning 
o‘zi leksik birlik zaminidan hosil qilinishi mumkin. Uning keyingi 
terminologik ma’no taraqqiyoti metaforaga asoslanmaydi. Masalan, yoy, 
maydon, tekislik, tengsizlik, burchak, ildiz kabi matematik terminlar 
metafora asosida ma’no ko‘chirish orqali adabiy til zaminidan hosil 
qilingan. Tilshunoslikdagi bo‘g‘in, gap, ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi 
kabi terminlar ham oddiy leksik birlikdan terminologik leksikaga 
o‘xshashlik asosida ko‘chirilgan
2
». Bu fikr, umuman, to‘g‘ri, muayyan 
fan sohasidagi muayyan bir termin bir ma’noli bo‘lishi, bir 
tushunchaning nomi bo‘lishi lozimligi haqida terminshunoslikda deyarli 
turg‘unlashgan qoida shunday deyishga asos bo‘ladi. Masalan, Togʻay 
Murodning «Oydinda yurgan odamlar» asari qahramonlari Oymoma va 
1
Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. –Тошкент: Фан, 1977. –Б.80.
2
Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. –Тошкент: Фан, 1984. –Б.55 – 56. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
150 
Qoplonbeklarning ismlari ham metafora asosida koʻchgan. Ya’ni, 
astronomiya va zoologiyaga xos terminlar metafora asosida nominativ 
vazifasiga koʻra antroponimlarga koʻchgan. Shuningdek, turli sohaga 
oid terminlar: bolta, tesha, lochin, qumri, sinchalak kabilar metafora 
asosida koʻchgan.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling