A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbekcha-o‘zbekcha» modelidagi dubletlar.
- «O‘zbekcha-ruscha» modelidagi dubletlar.
- «Baynalminal-baynalminal» modelidagi dubletlar.
- Morfologik (grammatik) dubletlik
- Sintaktik dublet
Etimologik dubletlar – terminologiyada dubletlikni hosil qiluvchi
etimologik jihatdan turli tillarga mansub terminelementlar. Masalan, «o‘zbekcha-o‘zbekcha», «o‘zbekcha-ruscha», «baynalminal- o‘zbekcha», «o‘zbekcha-baynalminal», «baynalminal-baynalminal» tipidagi dubletlar. «O‘zbekcha-o‘zbekcha» modelidagi dubletlar. Masalan, oltin- tilla, bir asosli kislota – bir negizli kislota, xursand qildiruvchi gaz – kuldiruvchi gaz, uzum shakari – uzum sharbati. 1 Мадвалиев А. Ўзбек химия терминологиясида дублетлик ва уни минимумга келтириш масаласи / Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар. – Тошкент: «Фан», 1986. - Б. 94-116. 2 Мадвалиев А. Ўзбек химия терминологиясидаги нуқсонлар ва уларни тартибга солиш ҳақида / Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёти перспективалари. – Тошкент: «Фан», 1986. – Б.68. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 158 «O‘zbekcha-ruscha» modelidagi dubletlar. Kislota – javhar, bura – tanakor, nashatir – navshadil, belila – oqbo‘yoq. «Ruscha-baynalminal» modelidagi dubletlar. Vodorod sulfid – serovodorod, sellyuloza – kletchatka. «Baynalminal-baynalminal» modelidagi dubletlar. Nitrat kislota – azot kislota, sitrat kislota – limon kislota, karbon oksid – karbonat angidrid. Sohalararo dubletlar – bunda dubletlik munosabatidagi terminlarning biri sof termin ekanligi, ikkinchisi esa ko‘proq texnikada yoki turmushda, sohaga yaqin fan sohalarida qo‘llanishi bilan farqlanadi, lekin tushunchani ifodalashda tafovut sezilmaydi. Masalan: galit (minerologiya) – natriy xlorid (kimyo) – osh tuzi (texnika). N.Jalilova qon-qarindoshlik terminlari tarkibidagi leksik dubletlarni badiiy matnlar orqali tahlil qilib, leksik dubletlar nutqning barcha uslublarida birdek qo‘llanilishi xusisida fikr yuritadi 1 . Badiiy asarlar tilida ona so‘zi bilan birga oyi termini birdek qo‘llanilgan bo‘lib, ular ma’no jihatdan ham o‘zaro mos keladi, demak, ona va oyi terminlarini leksik dubletlar deb atashimiz mumkin: Onam menga achinib qarab qo‘yadi-yu, to‘xtamaydi // Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi (Dunyoning ishlari, 67-b.). Bu terminlar tarixiy asarlarda ham leksik dublet sifatida qo‘llanilganini ko‘ramiz: Kumush:- Xayr, onajon! Mening uchun buvimni quchog‘lab qo‘ying//–Besh-olti oy… hyech narsa bo‘lmas, oyi! (O‘tgan kunlar, 346- 347-b.). Onang qalay, kiyim-kechagi butmi?// Oyijon, siz hyech tashvish tortmang, charchadim, xolos,- javob berdi Nuri (Qutlug‘ qon, 184-b.). Onasi tashqariga chiqqach, Zebi borib uning bo‘yniga osildi.//-Oyi, bir yomon gap borga o‘xshaydi. Mendan yashirib yotirsiz, - dedi Zebi (Kecha va kunduz, 102-103-b.). 1 Жалилова Н. Бадиий матндаги қон-қариндошлик терминларининг типологик ва структурал-грамматик тавсифи. – Самарқанд, 2019. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 159 Xuddi ona, oyi terminlari kabi ota va dada terminlari ham leksik dublet sifatida ishlatilgan: Otabek: - Otam sizlardek yaqin do‘stlariga salom aytishni menga omonat topshirgan edilar,-dedi //Otabek: -Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishga mening haqqim yo‘q, dada! (O‘tgan kunlar, 191-b.). Gulnor birdan jonlandi, shoshib-pishib otasining fikrini quvvatladi // Gulnor: - Dadamning ahvolini ham tushunaman, lekin nima ham qila olardim (Qutlug‘ qon, 139-b.). 2. Morfologik (grammatik) dubletlik – birikma terminlarning aniqlovchi komponenti o‘zagiga yoki sodda termin ma’nosi bir-biriga o‘xshash suffiks, prefiks va shu xarakterdagi terminelementlarni qo‘shib, yangidan termin yasash natijasida yuzaga kelgan grammatik dubletlardir. Morfologik dubletlar quyidagicha yuzaga keladi: a) –li affiksi va –gan sifatdosh shaklining muayyan bir o‘zakka qo‘shilishi natijasida: nishonli – nishonlangan (atom), qutbli – qutblangan (molekula), ruxli – ruxlangan (temir). b) o‘zakka turkiy –li hamda arabcha –iy (-viy) affiksini qo‘shish natijasida: ionli – ioniy (bog‘lanish, tenglama), atomli – atomiy (bog‘lanish), asosli – asosiy (oksid), yadroli – yadroviy (tuzilish). c) muayyan o‘zakka forscha no- prefiksi hamda o‘zbekcha – mas inkor shaklini qo‘shish natijasida: nometallar – metallmaslar, noaktiv – aktivmas. d) o‘zbekcha, forscha, arabcha, ruscha-baynalminal termin elementlarni muayyan o‘zakka qo‘shish natijasida: asiklik – siklsiz (karbonvodorod), anorganik – noorganik (kimyo), grafik – grafikaviy (tasvir), tipik – tipaviy (masala). 2. Sintaktik dublet – birikma terminlar komponentlarini so‘z birikuvining turli ko‘rinishlari asosida shakllantirilishi natijasida kelib chiqadi: kaliy selitrasi – kaliyli selitra, kristalli suv – kristallizatsiyalangan suv, brom suvi – bromli suv. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling