A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


II. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub terminlar dubletligi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   152
II. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub terminlar dubletligi. 
O‘zbek tilining leksikasi tarkibida o‘z qatlam bilan bir qatorda 
o‘zlashma qatlam ham o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlash 
mumkinki, tadqiqotimizda o‘z transterminlar bilan o‘zga tillar terminlari 
yoki transterminlarining o‘zaro munosabati natijasida dubletlik qatorlari 
ham qo‘llanayotganligi aniqlandi. Bunday qatorlar dominantining 
1
Ҳотамова Д. Адабиётшуносликдаги параллел терминлар ҳақида / Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. - №2. - Б. 
65-66. 
2
Исмоилов Ғ.М.
Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. –
Тошкент, 2011. 19-20-бетлар. 
3
Турсунов У., Мухторов. Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. - Тошкент:1992. - Б. 109. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
156 
dubletlari qaysi tilga oidligi bilan farqlanishi tabiiydir. Bunday dubletlar 
fors-tojikcha, arabcha yoki baynalminal bo‘lishi mumkin. 
1. Dominanti o‘zbekcha, dubletlari fors-tojikcha yoki arabcha 
bo‘lgan qator. Masalan, qalpoq – kallak dubletligi va qo‘l – imzo 
dubletligi. 
2. O‘zbekcha va baynalminal dublet terminlar. O‘z va o‘zlashma 
transterminlar sinonimiyasi haqida so‘z yuritilar ekan, shuni ta’kidlash 
lozimki, bunday lisoniy omillar sirasida dominanti o‘zbekcha, dubletlari 
ruscha-baynalminal bo‘lgan qator yuqoridagilardan nisbatan miqdori 
ko‘pligi bilan alohida ajralib turadi. Buni o‘zbek tiliga ko‘plab ruscha 
baynalminal terminlarning o‘zlashtirilganligi bilan izohlash mumkin. 
Terminologik tizimlar yangi-yangi terminlar bilan boyib borar 
ekan yoki yangi terminotizim vujudga kelar ekan, dubletlik saqlanib 
qoladi. Fan rivojlangan sari yangi tushunchalar paydo bo‘ladi, avvaldan 
mavjud tushunchalar haqidagi fikr o‘zgaradi, bu esa yangi terminlarni 
yuzaga keltiradi. Shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra, dubletlar yuzaga 
keladi. Bunday turli obyektiv va subyektiv sabablar quyidagilar: 
1. Bir necha nomenklatura tizimlarning qo‘llanishi. Masalan, 
kimyo fanida organik va anorganik kimyoga taalluqli terminlar. Bunga 
ko‘pincha birikma yoki moddaga qo‘yilgan nom shu moddaning tabiiy 
olinish manbaiga, usuliga, rangi yoki hidiga, shuningdek, olingan joyiga, 
uni kashf etgan shaxsning nomiga asoslanadi. M: olma kislotasi 
(яблочная кислота), qo‘rg‘oshin shakari (свинцовый сахар), qaldiroq 
kislota (гремучая кислота).
2. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan terminlar bilan o‘zlashma yoki 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling