A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. O‘z qatlamga mansub dublet transterminlar
dubletlar – absolyut sinonimlar
2 ; mutlaq sinonimlar 3 . 1 Мадвалиев А. Ўзбек химия терминологиясида дублетлик ва уни минимумга келтириш масаласи / Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар.- Тошкент: «Фан», 1986. - Б. 80-102; Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. - Тошкент: - Б. 109. 2 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “ЎзМЭ” давлат нашриёти, 2002. - Б. 37. 3 Шу манба. - Б. 69. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 155 Keltirilgan dalillardan hatto bitta terminologik tushunchaning o‘zi to‘rt xil, ya’ni dublet, absolyut sinonim, mutlaq sinonim hamda parallel termin 1 deb atalib kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Qisqalik, ma’noni to‘g‘ri ifodalash prinsipidan kelib chiqilganda, yuqorida qayd etilgan tushunchaning dublet, dubletlik terminlari vositasida ifodalanishini ma’qul deb bilamiz 2 . Sinonimlarning bir turi bo‘lmish dubletlar xoslanish belgisiga ko‘ra ilmiy uslubga aloqadorligi bilan ularning boshqa turlaridan farq qilib turadi. Ma’lumki, «sinonimlar bir-biridan anglatgan ma’no qirrasiga, uslubiy bahosiga ko‘ra, nutqiy xoslanish belgisiga ko‘ra (bir yoki bir necha jihatdan) farq qiladi» 3 . Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham sinonimik qatorning qaror topishida xilma-xil omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bular quyidagilardan iborat: a) o‘z qatlamga oid leksik birliklardan iborat sinonimlar; b) o‘z qatlam va o‘zlashma qatlamdan tashkil topgan sinonimlar; v) o‘zlashma qatlamga oid sinonimlar. I. O‘z qatlamga mansub dublet transterminlar. Bunday dubletlik munosabatidagi terminlar soha terminologik tizimlarida nisbatan kamroq uchraydi. Shuning uchun ular muayyan mavzuiy guruhlarga ajratib ko‘rsatilmadi. Biroq har bir dublet qatorning qaysi sohaga oid ekanligi qayd etildi. Dominanti va uning dubleti ham o‘zbekcha bo‘lgan terminlar qatoridan qo‘ltiq – ko‘rfaz va bo‘g‘iz – bo‘yin dubletlik qatorlari tahlil etildi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling