A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   152
 
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Turli sohalarga oid terminlarni toping va ularni 
qo‘llanishi? Ma’nosini izohlang. Masalan, avtomobilsozlikka oid termin 
Avtopark – avtomobillar turadigan va ta’mirlanadigan joy ma’nolarini 
anglatadi. 
2-topshiriq. Terminlar terminotizimda turli xil usullarda 
shakllanishi mumkin. Masalan, oldqo‘shimcha lingvistik termini 
kompozitsioyn usulda shakllangan, propozitsiya termini ingliz tilidan 
o‘zlashgan. Boshqa tomondan, boshqarish va bog‘lash nazariyasi 
termini ingliz tilidan semantik kalkalab olingan. Quyidagi matndan 
terminlarni shakllantirish usullarini aniqlang: 
Termodinamikaning 2-qonuni ta’rifini har xil olimlar turlicha 
berganlar, lekin ularning fizik ma’nosi bir xildir. Bu qonun ta’rifi: 
Birdan bar natijasi issiqlikning batamom ishga aylantirishdan 
iborat bo‘lgan jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydi
Bu qonunni yana shunday ta’riflari bor: 
1) Klaizius: Issiqlik o‘z-o‘zidan sovuq jismdan issiq jismga 
o‘tavermaydi. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
153 
2) Tomson (Kelvin): Biror jismni issiqligini bu jismni sovutishdan 
boshqa hech qanday ta’sir ko‘rsatmasdan ishga aylantirib bo‘lmaydi. 
3) Ostvald: Ikkinchi jins abadiy dvigatelni amalga oshirib 
bo‘lmaydi, ya’ni issiqlikni to‘la ishga aylantiradigan mashinani qo‘rib 
bo‘lmaydi. 
4) Bolsman: Tabiat ehtimoli kam bo‘lgan holatdan ehtimoli ko‘proq 
bo‘lgan holatga o‘tishga intiladi. Termodinamikaning 1-va 2-qonunlari 
empirik qonunlardir. Termodinamikaning 2-qonuni faqat ma’lum 
chegaragacha to‘g‘ri bo‘ladi. Termodinamikaning asoschilaridan biri 
Saddi Karno foydali ish koeffitsienti eng katta bo‘lgan siklni taklif 
etgan. Bu siklni Saddi Karno sikli deyiladi. U ikki izoterma va ikki 
adiabatadan iborat bo‘lgan qaytuvchi aylanma jarayondir [Abduraximov 
A., Madaminov X. Fizika va astronomiya tarixi. Ma’ruza matnlari. 
Andijon, 2007]. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling