A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Morfologik (affiksal) usul.
2. Sintaktik (kompozitsion) usul. 3. Semantik usul. Morfologik (affiksal) usul – tildagi biror mavjud terminga bir va ba’zan bir necha yasovchi affikslarning qo‘shilishi bilan yangi termin yasaydi. Har bir soha terminlarining o‘z yasovchi qo‘shimchalari mavjud. Jumladan, yog‘ochsozlik sohasida 1 faol qo‘llanadigan affikslar: - soz: yog‘ochsoz, eshiksoz; - i (sh): ulash, uzaytirish; - lik: duradgorlik, panjarasozlik; - k (q): kurak, qipiq; - ch: sandiqchi, savatchi; yuridik 2 : - lik: qarzdorlik, dezertirlik; - i (sh): tahqirlash, ayblash, qiynash; - chi: qoralovchi, talovchi; - dor: mulkdor, sarmoyador; - xo‘r: qasamxo‘r, merosxo‘r; - boz: arizaboz, guruhboz; – gich (-qich, - qich, - kich): chang ajratgich, yem buqlatgich;, - lash: burg‘ilash, payvandlash kabilar. Sintaktik (kompozitsion) usul – birikmaning bir komponenti ma’nosi ko‘chgan so‘zdan, qolgani esa shu soha terminidan iborat 1 Аҳатова М.С. Ўзбек тилининг ёғочсозлик терминологияси. Филол.фан.номз…автореф. – Тошкент, 2004. – Б.8. 2 Ғуломова Г.Ё. Ўзбек юридик терминологиясининг истиқлол даври тараққиёти. Филол.фан.номз… автореф. – Тошкент, 2005. – Б.14. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 169 lug‘aviy birlikning hosil bo‘lishi tushuniladi. Yog‘ochsozlik sohasida: pilta vassa, kindik qoziq, tirnoq chiqarish. O‘zbek tili terminologiyasida yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi. Ma’lumki, har bir til o‘ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‘radi. Terminlar tuzilish materiali, ya’ni qanday so‘zlardan tashkil topganiga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin: Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bug‘ mashina, shamol tegirmon, moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‘i, samolyotning parragi kabilar. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling