Falsafa tarixi” fanidan kurs ishi mavzu: Avreliy Avgustinning e’tiqod va bilim munosabatidagi qarashlar
Download 222.88 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- II BOB. AVRELIY AVGUSTINNING E’TIQOD VA BILIM MUNOSABATIDAGI QARASHLAR
- KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FALSAFA YO‘NALISHI “Falsafa tarixi” fanidan KURS ISHI Mavzu: Avreliy Avgustinning e’tiqod va bilim munosabatidagi qarashlar Bajardi: Falsafa yoʻnalishi talabasi ______________ Tekshirdi:______________ Toshkent – 2023 AVRELIY AVGUSTINNING E’TIQOD VA BILIM MUNOSABATIDAGI QARASHLAR Mundarija: KIRISH.....................................................................................................................3 I BOB. AVRELIY AVGUSTIN TARIXI VA DINIY BILIMLARI Avreliy Avgustin tarixi.....................................................................................5 Avreliy Avgustin diniy bilimlari......................................................................6 II BOB. AVRELIY AVGUSTINNING E’TIQOD VA BILIM MUNOSABATIDAGI QARASHLAR 2.1. Avreliy Avgustinning e’tiqod va bilim munosabatidagi qarashlar..................10 Avreliy Avgustinning subyektiv va obyektiv qarashlar..................................18 XULOSA................................................................................................................31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................33 KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Kurs ishining dolzarbligi hozirgi kunda jamiyatimiz olamida dunyoviylik va diniylik borasida turli bahslar avj olmoqda, jamiyatda dunyoviylik dindan uzoqlashtiradi, ahloq va ma’naviyat tanazzuliga olib keladi degan nihoyatda yanglish fikrlar yangrayotganligi achinarli holat. Bir oddiy haqiqatni anglash lozim, dunyoviylik hech qachon dinni yoki diniy qadriyatlarni rad etmaydi. Aksincha, faqat dunyoviy huquqiy davlat dinning rivojlanishi va dindor insonlarning diniy marosimlarini bajarishi uchun kerakli shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlar bera oladi. Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘lib, barcha fuqarolarning irqi, millati, kelib chiqishi, diniy qarashlaridan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Davlat organlari qonun doirasida faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarning ichki hayotiga aralashmaydi, barcha diniy tashkilotlar va konfessiyalarning qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Davlat taraqqiyoti, jamiyat obodligi, aholi faravonligi avvalo erkinlikkka bog‘liq. Ilm-fan, tibbiyot, yangi texnologiyalar faqat inson va ijod erkinligi ta’minlangan jamiyatda rivojlanadi. Aynan shu sababli ham barcha rivojlangan davlatlar, ya’ni ilm-fan yuksak darajada rivojlangan, iqtisodi baquvvat bo‘lgan, jamiyati barqaror va aholisi farovon turmush kechirayotgan davlatlar – dunyoviy rivojlanish yo‘lini tanlagan davlatlardir. Aynan shu jihatdan kurs ishimizning dolzarbligi hisoblanadi. Buni aynan inson huquqlari va diniy erkinlik bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydigan AQSh va G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Hatto aholisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan Turkiya yoki Indoneziya davlatlari ham aynan dunyoviylik yo‘lidan ketishmoqda va tarixiy tajriba buni eng to‘g‘ri yo‘l ekanini isbotlamoqda. Bugungi kunda ko‘pchilik uchun farovon davlat timsoli bo‘lib ko‘rinayotgan, go‘yoki dunyoviy davlatlarga muqobil sifatida taqdim etilayotgan, lekin jamiyat hayotida diniy qoida va aqidalarga alohida urg‘u beriladigan ayrim mamlakatlar bu natijalarga aslida, avvalo, tabiiy boyliklar, qolaversa, dunyoviy davlatlar tajribasini keng qo‘llagani hisobiga erishgan. Bugun jamiyatimizda dunyoviy-huquqiy davlat tartiblari asosida hayot kechirish musulmonlar uchun nojoiz degan fikrlar tarqatishga urinishlar kuzatilmoqda. Kimlardir dunyoviy davlatning mohiyatini tushunib yetmay, kimlardir esa, uning barcha jihatlarini anglagan holda atayin dunyoviylikni ateistik g‘oyalar ustivorligi sifatida tushuntirishga harakat qilishmoqda. Ayrim fikrlarda dunyoviy davlatda diniy erkinliklar cheklanishi ta’kidlanib, bunday mulohazalarga isbot sifatida BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi”ga yoki “Din va e’tiqodga asoslangan har qanday murosasizlik va kamsitishni tugatish to‘g‘risidagi deklarasiya”larga murojaat qilinayotganini ko‘rishimiz mumkin. Eng qizig‘i, aynan shu diniy erkinlik va umuman inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro huquqiy normalar dunyoviy davlatlarda ishlab chiqilgan. Bu omil ham aynan huquqiy dunyoviy davlatgina diniy qadriyatlarni himoya qila olishga qodirligini ko‘rsatib turibdi. Download 222.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling