A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIMPTOM (TAShQI BELGILARI)
- 2-topshiriq.
- 3-topshiriq.
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq. «Assisment» mashqini bajaring. Namuna: TEST Terminning nechta funksiyasi mavjud? a) 1 b) 2 c) 3 d) 4 MUAMMOLI VAZIYaT Termin so‘zmi? Nommi? Tushuncha? So‘zning leksik ma’nosi (LM) tushuncha (T) bilan to‘g‘ri kelishi mumkin. LM=T. Terminga aylangandan keyin u o‘z leksik ma’nosidan uzoqlashishi mumkin. Yoki bir necha tushuncha bir terminni ifodalaydi. T LM T T SIMPTOM (TAShQI BELGILARI) Termin nominativlik, signifikativlik, kommunikativlik, pragmatiklik so‘zning asosiy funksiyalariga xos. AMALIY KO‘NIKMA Ildiz - o‘simlik bargidagi pastki qismi. Ildiz so‘zi biologik termin sifatida qo‘llaniladi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 142 2-topshiriq. «Tushunchalar tahlili» usulida topshiriqni bajaring. Tushunchalar Izohi Nominativlik – Signifikativlik – Kommunikativlik – Pragmatiklik – Nominativlik – 3-topshiriq. Mos tushgan fikrlar ro‘parasiga (+) ishorasini qo‘ying. So‘z Termin Nom Gap Birikma Nominativlik xususiyatiga ega Signifikativlik xususiyatiga ega Kommunikativlik xususiyatiga ega Pragmatiklik xususiyatiga ega Nominativlik xususiyatiga ega SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. «Tutunsiz poroxning «sir»i» matnini o‘qing. Matn tarkibidan terminlarni topib daftaringizga yozing. Terminlar qaysi sohaga tegishli ekanligini ayting. 1880-yili Rossiya harbiy dengiz floti ministrligi D.I.Mendeleevga Fransiyada ishlab chiqarilayotgan tutunsiz portlovchi modda – poroxning tarkibini aniqlab berish vazifasini topshirdi. Tezda u yerga yetib borgan Mendeleevdan poroxni kashf qilgan fransuz ximik olimi M.Bertlo sirni yashirdi. Bertlo porox ishlab chiqarilayotgan zavodni A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 143 ko‘rsatishga ko‘rsatdi-yu, ammo ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni yozib olishga, biron narsani olib chiqishga ruxsat bermadi. O‘shanda o‘tkir zehnli Mendeleev porox ishlab chiqarish sirini mana bunday kashf qilgandi: eng avval, temir yo‘l orqali zavodga tashib keltirilayotgan ximiyaviy moddalar va chiqarib tashlanayotgan chiqindilar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. So‘ngra ular orasidagi miqdoriy tenglikni hisoblagach haqiqat oydinlashdi. Keyinchalik bu haqda Bertloga so‘zlab berganida, u olimning topqirligiga tasannolar aytgan edi. 2-topshiriq. Atamalar sinfiga tegishli bo‘lish har xil so‘zlarda turli namoyon bo‘ladi. Masalan, atamalarda so‘z ma’nolarining bittasi mavjud bo‘ladi, qiyoslang, tovush so‘zi tushayotgan tomchilar tovushi va ifodadagi undosh tovush. Bir tomondan, ba’zi leksemalar terminologik tizimlardan tashqarida umuman qo‘llanilmaydi, masalan, fonema, morfema, sema, semema kabi lingvistik atamalar. Bundan tashqari, atamalar ma’lum bir nazariya, ilmiy sohaga tegishli bo‘lishi mumkin yoki umumiy ilmiy leksika tarkibiga kirishi mumkin, qiyoslang, funksiya, tizim kabi so‘zlar. Boshqacha qilib aytganda, so‘z u yoki bu ma’noda terminologik tizimga kirishi mumkin. Quyidagi matndagi terminlarini aniqlang va ularning terminologik holatini yuqoridagi jihatlarga ko‘ra tavsiflang: Musiqada biz uzun va qisqa tovushlarga duch kelamiz. Ularning alternativalari bir xil yoki davomiyligi turlicha bo‘lib, ritm hosil qiladi. Ritmning ichki tashkil etilishi metr deb ataladi. Tashkil bo‘lishning birinchi darajasi - vaqtning teng taqsimlanishi, ulushning sanoqliligi. Aniqrog‘i, musiqada ulush, asosan, harakatning bog‘liqligi yaqqol ajralib turadi, masalan, marshda, lirik xalq qo‘shiqlarida, yig‘lovlarda. Tashkil bo‘lishning ikkinchi darajasi – musiqaning ulushi qismlarining kuchli va kuchsiz ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Vals qismlarining sanog‘i - bir, ikki, uch, "bir" deb ta’kidlaganimizda va shu A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 144 tariqa taktning ulushini guruhlaymiz: kuchli ulushdan so‘ng zaif, keyin kuchli ulush davom etadi va o‘lchovni hosil qiladi [«Yosh musiqachining ensiklopedik lug‘ati»]. 3-topshiriq. Terminlarning nominativ vazifasiga koʻra beshta termin yozing va uch xil munosabatiga koʻra tahlil qiling. Masalan, «Olmos kamar», «Choʻl burguti» . Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling