4. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
А. CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI
Mustaqil ishni bajarishdan maqsad-fan bо‘yicha ma’ruza tajriba va amaliy mashg’ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini ilm va texnika yangiliklarini hisobga olib mustahkamlash
va chuqurlashtirishdan iborat. Mustaqil ish tegishli me’yoriy hujjatlar talablarini hisobga olib, yozma referat, grafik, hisobiy ish yoki stend, dasturiy material va h.k. shaklda rasmiylashtiriladi. Mustaqil ishlar turli axborot manbalaridan, jumladan adabiyotlar, jurnal maqolalari, Internet tarmog’i manbalari kabilardan foydalanib о‘rganilayotgan fan bо‘yicha yanada chuqur bilim olishni ta’minlaydi.
Mustaqil ishlar kursantlar joriy vazifalarini (semestr davomida bittadan) uzluksiz bajarishidan tashkil topishi kerak.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Chizmalar va ularni jihozlashda qо‘yiladigan talablar.
2. Geometrik yasashlar.
3. Ortogonal proeksiyalar. Monj metodi.
4. Ko’pyoqliklar.
5. Aks tasvirlar.
6. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar/
Mustaqil ta’lim mavzularini belgilashda kursantlarning adabiyotlar va Internet materiallarini mustaqil o‘rganish, ularni tahlil qilish orqali o‘quv materiallarini chuqur o‘rganishda ilmiy yondashuv sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Mustaqil ta’lim jarayonida kursantlar dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha referat, tahliliy-ma’lumotnoma, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza, dalolatnoma, reja, reja-konspekt, jadval, hisob, talabnoma, taqdimot va boshqa hujjatlar ko‘rinishida ishlab chiqib, o‘qituvchiga taqdim etishlari zarur.
5. Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
А. CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI
Asosiy darslik va о‘quv qо‘llanmalar:
1. Sabirova D.U. Azimov A.T. Mirzaraimova V.T. Karimova V.N. “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” Toshkent 2019 y.
2. Azimov. T J . “Chizma geometriya” o ’quv qo’llanma Toshkent 2005 y.
3. Batiyev R.G. Maxamov X.T. Shafoatov Z.J. “Chizma geometriya” uslubiy qo’llanma. Qarshi 2019 y
4. Saydaliyev S.S. “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” o’quv qo’llanma Toshkent 2017 y
Do'stlaringiz bilan baham: |