A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Muzokara va muhokama uchun savollar


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Muzokara va muhokama uchun savollar 
1. Korxona aktivlarining tarkibi va ularni boshqarish siyosatini 
tushuntirib bering. 
2. Korxona aktivlaridan foydalanishning samaradorlik ko'rsat-
kichlari kimlardan iborat? 
3. Korxona aktivlaridan samarali foydalanishning moiiyaviy 
barqarorlikka qanday ta'siri mavjud? 
4. Marketing siyosatining nechog'lik samarali tashkil etilgan-
ligi korxona narx siyosatida ahamiyat kasb etadimi? 
76 


VI BOB. AYLANMA MABLAG'LARNI 
MOLIYALASHTIRISH JARAYONINI BOSHQARISH 
l-§. Aylanma aktivlarni boshqarish siyosati va uni ishlab 
chiqish mexanizmi 
Joriy aktivlarini boshqarishni korxonaning aylanma mablag'-
larini boshqarish deyish ham mumkin. Aylanma mablag'larni (ak-
tivlarni) boshqarish. Korxonaning aylanma mablag'lari tarkibiga, 
uning mulkchilik shakli, xo'jalik-moliyaviy faoliyatining turiva 
boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qancha unsurlar 
kiritiladi, Korxona aylanma aktivlar xususiyatlariga ko'ra tasnif-
lashtiriladi. 
1. Aylanma mablag'larning turlarga ajratilishiga ko'ra: 
• xomashyo, material va yarim tayyor mahsulot zahiralari; 
« tayyor mahsulot; 
® debitorlik qarzlari; 
• pul mablag'lari; 
• boshqa turdagi aylanma mablag'lar 
2. Joriy faoliyatda yoki ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga 
ko'ra: 
• ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi aylanma aktivlar 
(ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor 
mahsulot zahiralari va boshqalar); 
« korxonalarning moliyaviy siklida qatnashuvchi aylanma ak-
tivlar (debitorlik qarzlari, pul mablag'lari va boshqalar). 
3. Aylanma mablag'larning tarkibida ishtirok etish muddatiga 
ko'ra: 
• aylanma aktivlarning o'zgaruvchan tarkibi, ya'ni buning tar-
kibiga mavsumiy xarakterga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chi-
qarish jarayonida ishtirok etuvchi aktivlar tushuniladi, ushbu turdagi 
aylanma aktivlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga 
mos ravishda o'zgarib boradi; 
77 


• aylanma aktivlarning doimiy tarkibi, ya'ni ishlab chiqarish 
hajmining o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarga bog'liq bo'lmagan, 
aktivlarning bir qismi. 
4. Aylanma aktivlarning shakllanish manbalariga ko'ra: 
• yalpi aylanma aktivlar; 
e sof aylanma aktivlar; 
• o'z aylanma aktivlari. 
Aylanma aktivlarni boshqarishning e'tiborli jihati shundaki, 
ushbu jarayonda moliyaviy menejer kompaniyalarning ishlab chi-
qarish, moliyaviy va operatsion sikl xususiyatlari, ular o'rtasidagi 
o'zaro bogiiqliklarni to'g'ri va mukammal mushohada qilishidadir. 
Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, firma va kompaniya-
larning aylanma aktivlarning doiraviy aylanishi yoki yuqoridagi 
turli bosqich tsikllari, kompaniyalarning dastlabki xomashyo mah-
sulotini sotib olgan davrdan to tayyor mahsulotning realizatsiya-
sidan pul mablag'larini kelib tushishigacha bo'lgan barcha oraliq 
davriy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Kompaniyalar aylanma aktivla-
rini doiraviy aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin (6.1-rasm). 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling