A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

T4R1V Q75-9943-11—378-7 И Н В N° 
1M v
 P «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2016. 
ТошДАУ ТашГАУ 


KIRISH 
Iqtisodiyotning barcha tannoqlarida faoliyat yuritayotgan kor-
xonalarni davlat tomonidan qo'llab, quwatlash, ularga keng sharoit-
lar yaratish va imtiyozlar berish ustuvor vazifalardan bin hisoblana-
di. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyaiash sharoitida moliyaviy rejalar 
bevosita korxonaiar tomonidan ishla'o chiqilib, bashoratlash tavsifga 
ega bo'lib qoldi. Yurtimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi 
bilan bir qatorda, iqtisodiyotning muhim bo'g'iniaridan biri 
sanalgan, kompaniyalarning faoliyat turi, maqsadlari, boshqa-
rishning yangi vazifalari vujudga keldi. Marketing, audit, moliyaviy 
menejment, innovatsion menejment, boshqarishning foyda olish va 
mablag'Sardan oqilona foydalanishga qaratilgan an'anaviy 
funksivalari (texnik-texnologik ta'minot, rejalashtirish) roli o'sdi. 
Korxonalarning mustaqilligi va xo'jaiik faoliyati natijalariga 
iqtisodiy javobgarlik sharoitlarida moliyaviy menejment markaziy 
boshqaruv funksiyasini bajaradi va boshqa barcha vazifalarni 
muvofiqlashtiradi. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda rejalashtirish va basho-
rat qilishga katta ahamiyat beriladi. Kompaniyalarda moliyaviy 
menejmentni to'g'ri yo'lga qo'yilish, xo'jaiik yurituvchi subyekt-
larni samarali faoliyat yuritishining muhim omili bo'lib hisoblanadi. 
Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 
korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda 
moliyaviy barqaror faoliyat ko'rsatishlarida ularni oqilona 
boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga 
moslash, moliyaviy menejment ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, 
mavjud moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali 
foydalangan ho Ida ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni tashkil 
etish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi 
majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish va korxona ixtiyorida turli 
jamg'armalar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi. 



Bu vazifalarni bajarish uchun eng avvalo moliyaviy menej-
mentning iqtisodiy mohiyati. Moliyaviy menejmentning korxona 
boshqaruvi bilan o'zaro bog'liqligi. Moliyaviy menejment 
tadbirk.orlik faoliyatida takror ishlab cniqarish jarayonini uzluksiz 
moliyaviy ta'minlashga qaratilgan boshqaruv faoliyati sifatiaa. 
Moliyaviy menejment xo'jaiik subyektining strategik va taktik 
maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan moliyani boshqarish ilmi 
sifatida hamda moliyaviy menejmentning boshqaruv obyektlari 
to'g'risida eritilgan 
O'quv qo'llanmaning birinchi bobida moliyaviy menejment-
ning iqtisodiy mohiyati maqsad va vazifalari bayon etilgan. 
Ikkinchi bobda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarda 
moliyaviy menejmentning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. 
Uchinchi bobda korxonalarda moliyaviy ta'minot jarayonini 
boshqarish to'grisida qisqacha bayon etilgan. 
To'rtinchi bobda korxonalarda moliyaviy rejalashtirish bar 
qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy 
bosqichlaridan biri ekanligi bayon qilingan. 
Beshinchi bobda korxona aktivlari tarkibi, uzoq muddatli 
aktivlar, joriy aktivlar, kapital qo'yilmalar, kapital qo'yilmalarni 
baholash, aktivlarni tasniflash, moddiyaktivlar, nomoddiy aktivlar, 
moliyaviy aktivlar, operatsion aktivlar, investitsion aktivlar to'risida 
so'z boradi. 
Oltinchi bobda aylanma mablag'larni boshqarish maqsadi, 
aylanma mablag'lar miqdorini optimallashtirish, aylanma mablag'-
lar strukturasini optimallashtirish, aylanma mablag'lar zaruriy 
likvidligini ta'minlash, aylanma mablag'larni boshqarish samarador-
ligini oshirish yoritilgan. 
Ettinchi bobda pul oqimlarini boshqarishning mohiyati, pul 
oqimlarini rejalashtirish va bashoratlash ochib beriladi. 
Sakkizinchida bobidaxarajatlarni moliyaviy boshqarishning 
mohiyati, xarajatlar va tannarx kategoriyalarining umuiniylik va 
o'xshash jihatlari, tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlami guruh-
lashtirish, tannarxga tegishli va foyda hisobidan qilinadigan xara-
jatlami muvofiqlashtirish va bu boradagi muammolar o'z echimini 
topgan. 


To'qqizinchi bobda Moliyaviy menejerning korxona qarzlarini 
boshqarishdagi vazifalari, debitorlik va kreditorlik qarzlarining 
iqtisodiy mohiyati va turlari, debitorlik qarzlarining aylanish 
ko'rsatkichlari, korxona kredit siyosati, debitorlik va kreditorlik 
qarzlari vujudga kelish sabablari: bir tizimga bo'ysunuvchi korxo-
nalar o'rtasida zanjirli bog'lanish mavjudligi; korxonalarda moliya-
viy beqarorlik holatlarining yuzaga kelishi; debitorlik va kreditorlik 
qarzlari bo'yicha ta'sir doirasining pastligi; maroiqtisodiy beqarorlik 
holatlari yuzaga kelishi; avans to'lovlari amal qilishi to'grisida 
berilgan. 
G'ninchi bobda korxonalarda investitsion faoliyatni boshqa-
rishning iqtisodiy mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar 
investitsion faoliyatini boshqarishning zarurati va ahamiyatli 
jihatlari keltirilgan. 
O'n birinchi bobda Soliq menejmentining mohiyati, soliq me-
nejmentining tarkibiy qismlari, korxonalarda soliq to'lovlarini reja-
lashtirish, soliqlarni rejalashtirish bosqichlari, korxonalarda soliq 
munosabatlarini boshqarishni optimallashtirish, soliqlarning korxo-
nalar moliyaviy faoliyatiga ta'sirini baholash, korxonalarda soliq 
majburiyatlarini boshqarish yo'nalishlari yoritilgan. 
O'n ikkinchi bobda moliyaviy risklar mohiyati va ularni 
kamaytirish yo'llari yoritib berilgan. 
O'quv qo'llanrnani har bir bobidan so'ng muzokara va 
muhokama uchun savollar keltirilgan. 
Ushbu o'quv qo'llanma hukumatimiz tomonidan belgilangan 
xamda respublikamizdagi korxona va tashkiiotlar tizimizdagi 
o'zgarish va talablar asosida yaritilgan bo'lib, u hukumatimiz 
tomonidan moliyaviy direktor yoki moliyaviy menedjr kasbini 
takomillashtirish borasida qabul qilingan, iqtisodchi olimlarimiz 
tomonidan bu sohani rivojlantirish borasida ko'plab nazariy, amaliy, 
ilmiy izlanishlar, risola va zamonaviy adabiyotlar asosida ishlab 
chiqilgan. 




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling