A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
Muzokara va muhokama uchun savollar
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURLI
Muzokara va muhokama uchun savollar
1. Moiiyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering. 2. Moiiyaviy menejment tushunchasiga AQSh va G'arbiy Yevropa iqtisodchi olimlari bergan tariflar mohiyati nimadan iborat? 21 3. Moliyaviy menejment tushunchasiga MDH davlatlari olimlarining bergan tariflarining mohiyati va uni yuqoridagi guruh olimlarning qarashlari bilan farqlari nimadan iborat? 4. Moliyaviy menejment funksiyasini necha guruhga bo'lish mumkin? 5. Moliyaviy menejmentni rejalashtirish va kapitalni boshqarish funksiyasining mohiyatini tushuntirib bering. 6. Moliyaviy menejmentning qanday nazariyalarini bilasiz? «Kapital strukturasi» nazariyasi, uning mohiyati va uni ishlab chiqqan olimlar baqida nimalarni bilasiz? 22 II BOB, TURLI TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLDAGI KORXONALARDA MOLIYAVIY MENEJMENT XUSUSIYATLARI l-§. Korxonalarda moliyaviy menejmentning maqsad va vazifakri Moliyaviy menejmentning maqsadi, xo'jaiik subyektining maqsadlari va iqtisodiy strategiyalaridan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy menejmentning maqsadi korxonaning maqsadlari bilan to'g'ri kelishi mumkin. Korxonaning uzoq mud- datga belgilangan strategik maqsadlarini amalga oshirish va ularning xo'jalik-moliyaviy faoliyatini rivojlantirish, bankrotlikni va yirik moliyaviy yo'qotishlarni oldini olish, keskin raqobat muhitida bozorda o'z o'rniga va raqobatchilar orasida ma'lum ustunlikka ega bo'lish, harajatlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish va sotish xajmini unga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillarni inobatga olgan holda bosqichma-bosqich oshirib borish hisobiga foydani ko'pay- tirish va pirovardida korxonaning ta'sischilari, manfaatdor shaxslar va mulkdorlar daromadlarini ko'paytirish, moliyaviy menejment- ning asosiy maqsadlarini ifodalaydi. Hozirgi kunda moliyaviy menejment maqsadlarining eng muhimlari qaysilar degan savolga, iqtisodchi olimlar tomonidan turli qarashlar mavjud. Ko'plab xorijiy adabiyotlarda korxonalarda moliyaviy menejmentning maqsadlarini quyidagi uch guruhga ajratiladi: - foydani maksimallashtirish va korxona egalarining moliyaviy talablarini qondirish; - moliyaviy barqarorlikni ta'minlash; - mahsulot va xizmatlar realizatsiyasini maksimallashtirish (ya'ni, korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xajmini oshirish). Kompaniyalarning o'z oldiga qo'yilgan maqsadlariga erishish ko'p jihatdan moliyaviy menejerni boshqaruv qarorlarini to'g'ri va 23 aniq qabul qili shiga bog'liqdir. Moiiyaviy menejer belgilangan maqsadlarga erishishda quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish kerak bo'ladi: • •• • • - K o r x o n a l a r m d f i y a s i n i b o s h q a r i s h Operatsion qarorlar q a b u l qiiish ! i Ayianina niablag' Iarni boshqarish ^ \ F o y d a v a x a r a j a t n i b o s h q a r i s h I Byudjetni tuzisb Щ Щ joriv faoli}alni '' rejalashtirish I in с-Шмоп i.aroiiar q a b u i q i l i s h j U z o q miidtfaffi a k t i v l a r n i b o s h q a r i s h ; Investitsion imkotiiyatlami baholash • v a i lash i / Kapital qo'yilma f Byudj etini ishlab t hiqisfi t Mphyaviy qarorlar qab.ui . qilish KaptUtitiinu i;;rkib va qiymatini aniqlash qilish Щ Qimmatli qog'ozlar missiyasi M o l i V a v i y nazorat 1 Ш к i s Trifestitsion p o f t M n i b o s h q a r i s h D i v i d e n t siyosa! Investitsion risltan8 J' boshqarish ' . aviy risklarni boshqarish v »|i4 >ll ->1411 risk!! boshqarish 2.1-rasm. Moiiyaviy menejmentning kompleks vazifalari - operatsion faoliyat (tahlil, rejalashtirish, bashoratlash va korxonaning moiiyaviy xolatini nazorat qilish); - moliyalashtirish - jalb qilingan va o'z mablag'lari manbalarini boshqarish (moiiyaviy qarorlar qabul qilish); 24 - investitsiyalar - investitsiya siyosati va aktivlarni boshqarish (investitsion qarorlar qabul qilish). Ushbu yo'nalishlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, qarorlar qabul qilishda aloxida kompleks vazifalar tizimi belgilab olinadi. Korxonalarda moliyaviy boshqaruvni tashkil etish jarayoni va uning vazifalari yoki boshqacha qilib aytganda, moliyaviy menejmentning kompleks vazifalarini, bizningcha quyidagicha tasniflash mumkin (2.1-rasm). Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda korxonalar mulk- chilik shakli va xo'jaiik faoliyatining turlari hamda iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'zlarining uzoq muddatli strategiyalari va boshqaruv tizimini mustaqil holda belgilaydilar. Ushbu maqsadlarga erishishda korxonalar o'z oldiga aniq vazifa- larni qo'yib oladi va belgilangan vazifalar ularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha bo'lishi mumkin. Ko'rinib turibdiki, korxonalarda moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari, bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo'jaiik faoliyatini uzluk- siz ravishda yaxshilab va takomillashtirib borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling