A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapitalni boshqarish.
- Investitsiyalarni boshqarish.
Aktivlarni boshqarish. Korxonalar xo'jaiik faoliyatining xaj-
mi va amalga oshirilayotgan operatsiyalar ko'lamidan kelib chiqqan holda uning turli hildagi aktivlarga bo'lgan talabini aniq o'rganish, korxona aktivlaridan samarali foydalangan holda ularning tarkibini optimallashtirish va likvidliligini ta'minlash, amortizatsiya hisob- lashning eng maqbul yo'llarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni moUyalashtirishni optimal yo'llari va manbalarini tanlash, aktivlarni boshqarish funksiyasining mohiyatini ifodalaydi. Kapitalni boshqarish. Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarni amalga oshi- rishda moliyaviy resurslarni optimal yo'llarini izlab topish va ular- dan samarali foydalanishi talab etiladi. Korxonaning hozirgi va kelgusidagi faoliyat turlarini amalga oshirishda foydalaniladigan moliyaviy resurslar bilan ta'minlash, kapitalni boshqarish funksi- yasining mohiyatini ifodalaydi. Bu asosan korxonaning kapitalga bo'lgan jami talabini o'rganish va ulardan samarali foydalanish, moliyalashtirishning eng maqbul yo'llari va manbalarini aniqlash, qayta moliyalashtirish bo'yicha kompleks tadbirlami amalga oshirish kabilarni o'z ichiga oladi. Investitsiyalarni boshqarish. Korxonalarni moliyaviy barqa- ror faoliyat ko'rsatishlari va ularni faoliyatlarini rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog'liqdir. Investitsiyalarni boshqarish funksiyasi, korxonaning taktik va strategik maqsadlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan investitsiya siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bunda asosan, korxonaning faoliyat turi va moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda unga ko'proq moliyaviy manfaat keltiruvchi va eng maqbulini tanlash maqsadida, investitsion loyihalarning samara- dorligi va qaytimini baholash, kapital qo'yilmalar byudjetini ishlab 20 chiqish, qimmatli qog'ozlar portfelini tashkil qilish va boshqarish va boshqalar amalga oshiriladi. Pul oqimlarini boshqarish. Korxonalarning joriy va kundalik faoliyatini amalga oshirishda pul oqimlarini boshqarish muhim roi o'ynaydi. Korxonalarning moiiyaviy barqarorligi va iqtisodiy mus- taqilligi, likvidiiligi va to'lovga qobilligi hamda boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlarning yuqori ekanligi ko'p jihatdan ushbu funksiyaning to'g'ri va oqilona amalga oshirilishiga bog'liqdir. Korxonalarda pul oqimlarini kirib kelishi va chiqib ketishini to'g'ri tashkil etish, ular ustidan doimiy nazoratni olib borish, vaqtincha bo'sh turgan moiiyaviy mablag'lardan optimal foydalanish va shu kabilar pul oqimlarini boshqarish funksiyasini mohiyatini ifodalaydi. Moiiyaviy risklarni boshqarish. Hozirgi raqobat muhiti rivojlangan bir davrda tadbirkorlik faoliyatining maqsadi kam harajat evaziga ko'proq daromad olishdan iborat. O'z navbatida har qanday xo'jalik faoliya- tini amalga oshirish jarayonida, tijorat faoliyatining turi va xajmidan kelib chiqqan holda ma'lum bir yo'qotishlar yoki tavakkalchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklar (tavak- kalchilik) xo'jalik faoliyatini tashkil qiluvchi muhim omillaridan biri hisoblanadi. Moiiyaviy risklarni boshqarish funksiyasi yorda- mida, ho'jalik faoliyatida yuzaga kelgan risklarning turlarini aniq- lash, ushbu risklarning xatarlililk darajalarini baholash va buning natijasida yo'qotishlar ko'lami va xajmini belgilash mumkin bo'la- di. Olingan ma'lumotlar va taxlil natijalariga asoslangan holda, risklarni boshqarishning kompleks chora-tadbirlar tizimi tuziladi: ularni diversifikatsiyalash va sug'urtalash; risklarning aloxida turlari minimallashtiriladi va profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Biz yuqorida moiiyaviy menejmentning asosiy funksiyalariga umumiy holda ta'rif berib o'tdik. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling