A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
-§. Moiiyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- menejment tizimida korxonalar moiiyaviy
2-§. Moiiyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Hozirgi kunda moiiyaviy menejment tushunchasining mohi- yatini yoritishda iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar bildi- rib o'tilmoqda. Umuman olganda, moiiyaviy menejment tushun- chasiga rus iqtisodchi olimlari, qolaversa MDH davlatlariga kiruvchi qator davlatlari olimlarining qarashlari bilan, G'arbiy Evropa va AQSh olimlarining qarashlari nisbatan farqlanadi. Buning o'ziga xos sabablari mavjud boiib, buning asosiylaridan biri MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarda bo'lgani singari moiiyaviy menejment fani Rossiya Federatsiyasida ham yangi rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi, yana bir sabab esa, ushbu davlatlarda firma va kompaniyalarning boshqaruv tizimidagi o'ziga xos turli xil jihatlarining mavjudligi hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh va Evropada mavjud kompaniyalarining aksariyat qismi asosiy faoli- yatlaridan tashqari, ularning xo'jalik faoliyatida fond bozorlaridagi ishtiroki, xususan qimmatli qog'ozlar savdosi bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshirilishi muhim o'rin egallaydi.Shuning uchun ham ularning amaliyotida, moiiyaviy menejmentning funksiyalari ko'p holatlarda qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalarni boshqarishga yo'naltirilgan holda tushuntiriladi. Amerikalik iqtisodchi olimlar Djeyms K.Van Xorn va Djon M.Vaxovich o'zlarining iqtisodiy asarlarida, moiiyaviy menejment aniq bir maqsadlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan aktivlarni moliyalashtirish va boshqarish bo'yicha qilingan hatti harakatlar- ning majmuidan iborat deb ta'kidlaydilar va quyidagicha ta'rif beradilar: moiiyaviy menejment (financial management) aniq bir maqsadlarni realizatsiyasiga yo'naltirilgan aktivlarni moliyalash- 11 tirish va boshqarish bilan bog'liq bo'lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishdir. Ularning fikriga ko'ra firma va kompaniyalarning maqsadlari turli xil bo'lishiga qaramay, ulardan asosiysi firma va kompaniya egalarining moliyaviy holatini maksimallashtirishdir. Umuman olganda AQSh va G'arbiy Yevropa iqtisodchi olim- larining keltirilgan tariflariga ko'ra, moliyaviy menejment o'zining bosh maqsadi sifatida aksiya kursi, bir dona aksiyaga to'g'ri keluv- chi sof foyda miqdori, dividend darajasi, hissadorlar mulki va bosh- qa ijobiy manfaat keltiruvchi moliyaviy natijalarni ko'paytirishni ilgari suruvchi firma va kompaniyalar moliyasini boshqarishdir. Rus iqtisodchi olimi G.B. Polyak boshchiligidagi olirnlar guru- hining ta'kidlashlaricha, moliyaviy menejment tushunchasi xo'jaiik mexanizmining faol tarkibiy qismi sifatida korxonalar moliyasini boshqarish mexanizmi yoki moliyaviy mexanizm tushunchalari bilan bog'liqdir. Moliyaviy menejment - korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish, aylanma mablag'- larni boshqarish jarayonidir. Moliyaviy menejment korxonalarda moliyaviy resurslar va aylanma mablag'larni boshqarish jarayonida foydaianiladigan usullar, qo'llanmalar va shakllarning (forma) tizimidir. Moliyaviy menejment tushunchasiga I.Ya.Lukasevich quyida- gicha ta'rif bergan. Moliyaviy menejment - bu xo'jaiik subyek- tining joriy va strategik maqsadlariga erishishda, ularning moliyaviy resurslari va moliyaviy faoliyatini boshqarishdir. Uning fikricha moliyaviy menejment o'zining mohiyatiga ko'ra serqirra bo'lib, u turli talqinga ega, ya'ni: 1) alohida ilmiy predmet; 2) xo'jaiik obyekti moliyasini boshqarish tizimi; 3) tadbirkorlik faoliyatining bir ko'rinishi. Bu masala bo'yicha yana bir rus iqtisodchi olimi S.V.Galits- kaya quyidagicha. ta'rif beradi. Moliyaviy menejmentni korxona- larni barcha turdagi vositalari (aktivlari) va ularni kelib chiqish manbalarini (passivlarni) boshqarish, deb tushunish lozim. Uning fikriga ko'ra moliyaviy menejmetning asosiy maqsadi korxona egalarining moliyaviy holatini oshirish hisoblanadi. S.B.Pryanichnikovning bergan tarifiga ko'ra, korxonalarda moliyaviy munosabatlar va xo'jaiik moliyaviy faoliyatini boshqarish bevosita moliyaviy menejmentning funksiyalari orqali amalga oshi- 12 riladi, shuning uchun ham moiiyaviy menejmentni xo'jalik subyektining moiiyaviy resurslarini shakllantirish. taqsimlash va ulardan foydalanishni boshqarish tizimi deb tushuniladi. Olimning ta'kidlashicha. moiiyaviy menejmentning asosiy maqsadi korxo- naning bozor qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi. Yuqoridagi olimlarning bergan tariflariga yondashgan holda, bizning fikrimizcha: moiiyaviy menejment - korxonalarning joriy va strategik maqsadlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish, tahlil, bashoratlash va rejalashtirish kabi funksiyalarni amalga oshirish, moiiyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini boshqarishdir. Shu narsani ham ta'kilab o'tish kerakki moiiyaviy menejment fani, boshqa barcha iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog'liqdir. Shundan kelib chiqqan holda moiiyaviy menejment fanini mukammal o'rganishda iqtisodiyot nazariyasi, tahlil, moliya, moii- yaviy va boshqaruv hisobi, statistika, korxonalar moliyasi va shu kabi fanlar bo'yicha yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab qilinadi. 3-§. Moiiyaviy menejment tizimida korxonalar moiiyaviy Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling