A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


-§. Korxonalar investitsion loyihalarining samaradorlik


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

3-§. Korxonalar investitsion loyihalarining samaradorlik 
ko'rsatkichlari va uning tahlili 
Korxonalar moliyaviy siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri 
investitsiya siyosati hisoblanadi. Korxonalarning investitsiya siyo-
sati deyilganda korxonaga jalb qilinadigan investitsiyalar manba-
larini optimallashtirish, korxona tomonidan amalga oshiriladigan 
investitsiyalar xajmini oshirish, investitsion portfelni boshqarish, 
investitsiya loyihalarni samaradorligi ni aniqlash kabilar tushuniladi. 
Boshqacha qilib aytganda, investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning 
ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo'llab - quvvatlash, markaz-
lashmagan investitsiyalash jarayonidan markazlashgan investitsiya 
jarayoniga o'tish, ustivor investitsion loyihalarni qo'llab 
quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig'indisi hisoblanadi. 
Investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlari deb quyidagilar 
hisoblanadi: 
- investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ish-
tirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo'yicha qulay 
huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik - huquqiy bazasini 
takomillashtirish; 
- iqtisodiy tub islohatlarni amalga oshirish, maqsadli investit-
sion siyosatni yurgizish; 
- investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jara-
yon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni 
jalb etish; 
- davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat 
etish funksiyalarini yanada takomillashtirish. 
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy sama-
radorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan, quyida 
shulardan ba'zilarini tahlil qilamiz. 
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash-
da qo'llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari 
ham avvaldan ma'lum bo'lib, ular milliy va chet el amaliyotida to 
Pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng 
qoilanilishiga qadar asosiy ko'rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. 
Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy 
163 


bilimga, ko'nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga e<*a 
bo'lmagan xodimlar o'rtasida ham qo'llanilishiga sabab
bo'ladi 
Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari 
salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash 
shartlarini ma'lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya'ni 
qoplash muddati va rentabellik darajasi ko'rsatkichlaridan
foyda-
lanmoqdalar. 
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul 
oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda 
investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo'lgan 
davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko'ra, bu usul investitsiya 
loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilin-
gan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. 
Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo'lsak, bu loyihani 
yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar 
summasiga teng bo'lgandagi davrga tengdir. 
Uni hisoblash tenglamasi quyidagichadir: 
' o 
, , (2.1) 
bunda, Jo — boshlang'ich investitsiyalar;
CF
? - investitsiya 
loyihasini amalga oshirishdan olingan-yillik pul tushumi summasi. 
U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o'rtasidagi 
(amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi. 
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) 
yoki foydaning oddiy me'yori (ROI) bugalteriya hisoboti ma'lu-
motlariga asoslangan holda aniqlanadigan o'rtacha daromadni 
investitsiyalarning o'rtacha yillik hajmiga bo'lish orqali aniqlanadi. 
Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to'lamasdan avvalgi 
foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u 
soliqlarni to'lagandan keyingi, lekin foiz to'lovlarigacha bo'lgan 
daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq to'langandan keyingi sof 
foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir. Chunki u
k o r x o n a 
ta'sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U 
quyidagi tenglama asosida hisoblanadi: 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling