A guruh elementlari


Download 21.34 Kb.
bet2/4
Sana25.12.2022
Hajmi21.34 Kb.
#1066373
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу Davriy sistemaning I A guruh elementlari. K va Na – xossalari va ularni qurilishda ahamiyati.

Tabiatda uchrashi. Ishqoriy metallar kimyoviy faolligi yuqoriligi sababli faqat birikmalar holida uchraydi.Tabiatda uchraydigan izotoplari:37Li (92,5%), 36Li (7,3%).
Litiyning birikmalari nihoyatda ko’p.Uni 150 dan ortiq minerallari bor. Texnik ahamiyatga spodumen LiAl(SiO3)2 va litiy smolasi yoki lepidolit KLi2Al(Si6O10)(F,OH)2, petalit (Li,Na)AlSi4O10.
Natriy birikmalari keng tarqalgan. Osh tuzi NaCl; Glauber tuzi Na2SO4*1O H2O, hind selitrasi KNO3, natriy selitrasi, kriolit Na3[AlF6]; bura Na2B4O7*10 H2O.
Kaliy birikmalaridan silvinit KCl*NaCl; karnallit KCl*MgCl2*6H2O; yer sharining asosiy po’stlog’i- ortoklaz K2O*Al2O3*6SiO2
Rubidiy va seziy natriy va kaliy bilan birga lekin kamroq uchraydi.
Olinishi. Natriy, litiy va kaliy asosan elektroliz usuli yordamida olinadi. Elektrolizga tuzlar yoki gidroksidlar uchratiladi. Rubidiy va seziy unung xloridlaridan kalsiy metali bilan qaytarish orqali olinadi.
Xossalari. Ishqoriy metallar kub krislall panjaraga ega. Yangi kesilgan metallar ko’rinishi odatdagi metallarga o’xshaydi. Metallik yaltiroqlikka ega. Barcha ishqoriy metallar kerosin(tseziy havoda portlaydi) ostida yoki inert gaz muhitida saqlanadi. Ishqoriy metallar engil metallar hisoblanib, pichoq bilan oson kesiladi. Litiy kerosindan engil, shuning uchun parafin ostida berk idishga yg’iladi.Ularni ichida eng qattiq holatda uchraydigani kaliy u yuqori issiq va elektr o’tkazuvcanlikka ega.
Litiy.Odatdagi sharoitda oq, yaltiroq , yumshoq va engil metall. LiCl va KCl aralashmasini suyuqlanmadan elektroliz qilib olinadi.
Xona haroratida kislorod billan ta’sirlasib litiy oksidini hosil qiladi.
4Li+O2=2Li2O
Litiy oksidi kul rangli, suvda yaxshi eriydi. Litiy odatdagi sharoitda azot bilan ta’sirlashib oq rangli litiy nitridini hosil qilishi kuzatiladi:
6Li+N2=2Li3N
Qizdirilganda galogenlar Cl2, Br2 va I2 bilan kuchli alanga berb yonadi va LiCl, LiBr va LiI ni hosil qiladi.
Birikmalaridan LiF, Li2CO3 va Li3PO4 kam eriydi. Peroksidlari Li2O2, persulfidlari Li2S2, perkarbidlari Li2C2 ma’lum.
LiOH ni olish uchun LiClni suvdagi eritmasi elektroliz qilinadi:
2LiCl+2H2O=2LiOH+H2+Cl2
Litiy ioni eng kichik o’lchamga ega bo’lib, eng yuqori gutblanuvchanligi bilan boshqa ishqoriy metallardan farqlanadi. Shuning uchun u koordinasion soni 4 bo’lgan [Li(H2O)4]+ akvakomplekslar hosil qiladi.
Litiy vodorod atmosferasida qizdirilganda litiy gidridini hosil qiladi:
2Li+H2=2LiH 
Litiy gidridi oq kristall modda, 680oS suyuqlanadigan ion bog’lanishli birikma.



Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling