A guruh elementlari


Ishqoriy metallarning tuzlari


Download 21.34 Kb.
bet4/4
Sana25.12.2022
Hajmi21.34 Kb.
#1066373
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу Davriy sistemaning I A guruh elementlari. K va Na – xossalari va ularni qurilishda ahamiyati.

Ishqoriy metallarning tuzlari. Deyarli barcha kislotalar bilan tuzlari ma’lum. Bu tuzlar suvda yaxshi eriydigan, ionli kristal panjaraga ega birikmalardir.
Analitik kimyoda litiy va natriyning tuzlaridan 4,4’-dimetilaminodifenil metanning metanoldagi eritmasi holatida cho’ktirishi mumkin. Natriy va ruxning aralash uranilasetatlari ham [ NaZn(UO2)3(CH3COO)96H2O] suyultirilgan sirka kislotasidan cho’ktiriladi. Kaliy tuzlaridan KHC4H4O(gidrotartaratlar) va K3[Co(NO2)6] suvda yomon eriydi. Ular ishqoriy metallarning sifat va miqdoriy tahlilida ishlatiladi.
Kalsinirlangan soda (Na2CO3), kristall soda (Na2CO3*10H2O), ichimlik sodasi (NaHCO3) ko’p ishlab chiqaziladi.
Natriy gidroksidi sovun tayyorlashda, to’qimachilik va ko’nchikida organik moddalar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Natriy gidroksidi 328oS suyuqlanadi. 20oS da suvda 109 g natriy gidroksid eriydi .U kuchli ishqor, shuning uchun o’yuvchi natriy deb ataladi. Ishqor teriga tushsa terini kuydiradi. NaOH dan ayniqsa ko’zga sachrashidan ehtiyot bo’lish kerak, kozga tushsa ko’zni ko’r qiladi.
Osh tuzi NaCl- natriy metali, xlor, natriy gidroksid, xlorid kislota ishlab chiqarishda xom ashyo.
Natriy sulfat glauber tuzi yoki mirabilit holatida Na2SO4*10H2O holida uchraydi. Tibbiyotda va shisha ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kaliy tuzlaridan KCl, KNO3, K2SO4 kaliyli o’g’itlardir. Kaliy nitrat qora poroxning tarkibiga kiradi: KNO3-68%; C-17%;S-15%.
Tseziy va rubidiy fotoelementlar tayyorlashda ishlatiladi. Nur ta’sirida Rb va Cs ning valent elektronlarini oson ajralishi yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantitirish imkoniyatini beradi. 
Ishqoriy metallarning tibbiyotda va farmatsiyada ishlatilishi. Hozirgi paytda litiy ioninng organizmdagi orni ancha yaxshi o’rganilgan. Litiy ionlari inson psixikasidagi o’zgarishlarda asqotishi topilgan.
O’rtacha odam vazniga(70 kg) nisbatan organizmda kaliy 250 g, natriy –70 g ni tashkil etadi.
Natriy birikmalari organizmda asosan hujayra atrofidagi suyuqliklarda mavjud (qonda,limfa va ovqat hazm qilish shiralarida). NaCl hisobiga organizmdagi qon bosimi boshqarilib turadi.
Kaliy ioni organizmda hujayra ichidagi ion hisoblanadi.U ko’pgina boikimyoviy va fiziologik jarayonlarda, masalan nerv impulslarining harakatida ishtirok etadi. Kaliy ionining qonda mo’tadil miqdorda bo’lishi yurakni normal ishlashi uchun kerak. Bir sutkada 2-3 g kaliy kerak bo’ladi.
Natriy gidrokarbonat (NaHCO3) ichdan antatsid modda sifatida buyuriladi, shuningdek ingalyasiya, chayish, uvish uchun tavsiya etiladi. Tibbiyotda amaliyotida natriyning (xloridi, bromidi, iodidi, sulfati, tiosulfati, nitriti va b.) hamda kaliyning (xloridi, bromidi, iodidi va b.) keng qo’llaniladi.
Natriy xloridning (NaCl) suvdagi 0,9%li eritmasi izotonik eritma deyiladi. U organizm ko’p suyuqlik yo’qotganda quyiladi. 3-5-10%li eritmalari gipertonik eritma deyiladi va yaralarga yiring tortuvchi vosita sifatida qo’yiladi.2-5% li NaCl AgNO3 bilan zaharlanish sodir bo’lganda buyuriladi,shunda AgCl cho’kmasi hosil bo’lishi hisobiga zaharlanish oqibatlari tezda so’nadi.
Natriy bromid (NaBr) va kaliy bromid (KBr) tibbiyotda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.Ular bosh miya qobig’idagi qo’zg’alish va tinchlantirish jarayonlarini me’yoriga keltiradi.


Natriy yodid (NaI) bo’qoq va endokrin kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi
Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling