A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
-rasm.Qatlamlarni bir yo’la birgalikda ishlatish
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer osti ta’miri ishlarining umumiy tavsifi
16.7-rasm.Qatlamlarni bir yo’la birgalikda ishlatish.Nazorat savollari. Qatlamlarni bir vaqtda bitta quduq orqali alohida ishlatish. Favvora – favvora sxemasi tushintiring. ShChN-favvora sxemasi tushintiring. ShChN-ShChN sxemasini tushintiring. Ikki qatlamni bir quduq orqali birgalikda ishlatish. bob bо‘yicha xulosalarBu bo‘limda qatlamlarni alohida ishlatish uchun quduqlarni jihozlashning ayrim sxemalari, bir yo‘la alohida ishlatish yo‘llari haqida ma‘lumotlar kiritilgan. bob. Quduqlarda ta’mir ishlarini olib borishYer osti ta’miri ishlarining umumiy tavsifiHar-xil sabablar bilan quduqning normal (muayyan) ishlashi buziladi, natijada neft qazib olish kamayadi yoki butunlay to‘xtaydi. Neft qazib olishning kamayishi yoki butunlay to‘xtashi er osti yoki usti jixozlari qismining buzilishi, ishchi agent yoki elektroenergiyasining uzatilishi vaqtincha to‘xtashi, quduq tubiga qum yoki suvning kelishi, parafinning qotib qolishi natijasida yuz beradi. Quduqning uzoq ishlamasdan turib qolishi quduqni ishlatish koeffisentiga ta‘sir ko‘rsatadi. Quduqning ishlatish koeffisenti quduq ishlagan kunlarining umumiy kunlar soni nisbatiga teng bo‘ladi. Ishlatish koeffisenti 0,95-0,96 ga teng bo‘lsa yaxshi hisoblanadi. Quduqda yer osti tomirini utkazish uchun tuxtalishi ishlatish koeffisentiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Joriy yer osti ta‘mirlash ishlariga quyidagi ishlar kiradi: Chuqurlik nasoslari yoki uning qismlarini almashtirish, nasos shtangalarini uzilishi yoki yechilib ketishini bartaraf etish, nasosni yuvish, almashtirish, nasos-kompressor quvuri yoki shtanga tizmalariga qo‘shish yoki kamaytirish, quvurdagi sizishni bartaraf etish, qum yakorini tozalash, ishchi mufta va qo‘shuvchi moslamalarni tekshirish, qum tiqinini yuvish yoki tozalash, paker tushirish va almashtirish va boshqa bir qancha ishlar kiradi. Bu ishlarni konda tashkil qilingan quduqni yer osti ta‘mirlash brigadasi tomonidan amalga oshiriladi. Bir muncha qiyin bo‘lgan ishlar, avariyani bartaraf etish, suvni oqishini tuxtatish, qiyshaygan tizmalarni to‘girlash, mustahkam tiqinni burg‘ilash, qatlamni gidravlik yorish va boshqa bir qancha ishlar quduqni tubdan ta‘mirlash ishlariga kiradi. Bunday ishlarni neft konlari boshqarmasiga qarashli tubdan ta‘mirlash idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Kondagi yer osti ta‘mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan brigada vaxta bilan ishlaydi. Bir vaxta tarkibiga uch kishi kiradi: nazoratchi va yordamchisi quduq atrofida ishlaydi, uchunchi kishi (traktorchi) shofyor kutaruvchi mexanizm ishlaydi. Ta‘mirlashga talluqli barcha ishlar ko‘taruvchi quvur (yoki shtanga) ni ko‘tarib- tushirish bilan bog‘liq. Buning uchun har bir ta‘mirlash olib borilayotgan quduqda ko‘taruvchi inshoat va ko‘taruvchi moslamalar joylashtirilishi kerak. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling