A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet133/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Tal tizimi. Jixozlarni ko‘tarish va tushirishni osonlashtirish uchun kronblok va talblokdan tashkil topgan tal tizimi ishlatiladi. Tal tizimiga kryuk va tal kanati ham kiradi. Tal kanati bir uchi harakatlanuvchi blok yoki minora asosiga berkitiladi, ikkinchi uchi lebetka barabaniga o‘ralgan bo‘ladi.



17.4-rasm. TБНЧ-50 tal blokining sxemasi
1-yuqori sirg‘a; 2-o‘q; 3-kanat shkivi; 4- podshipnik; 5-moylash teshigi; 7-sharnir-
bolt.

Tal blok shkivlar soni bo‘yicha birdan to‘rttagacha shkivli qilib tayyorlanadi 17.4- rasimdan ko‘rinib turibdiki blok shkivlari umumiy o‘q 2 ga o‘rnatilgan. Har-bir shkivga ikkitadan rolikli podshipnik 4 joylashtirilgan yuqori qismi ko‘prik (yuqori sirg‘a 1), unga tal kanati uchi mahkamlanadi. Shekaning pastki qismiga ko‘taruvchi kryuk bilan biriktirish uchun sirg‘a 6 osiladi. Yuk ko‘tarish qobilyati 10, 15, 25 ,50 va 75 tn bo‘lgan tal bloklar ishlab chiqiladi.


Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan asosiy


instrumentlar
Quvurlar tizmasini mufta tagidan ushlab turish uchun quvur elevatorlari qo‘llaniladi. Ikki turdagi elevatorlar ishlab chiqarilgan: ikki shtropli (17.4-rasm) yuk ko‘tarish qobilyati 50 va 25 t. va bir shtropli yuk ko‘tarish qobilyati15 t. li.

17.4-rasm. Elevator


Quvurlarni qo‘lda yechish va mahkamlash uchun «Красний Сормова» zavodi va Xalatyan tuzilishli elevatorlar qo‘llaniladi. Xalatyan elevatori oxirgi turlari bir muncha engil diametri 38 mmli quvurlar uchun 14 kg, 102 mm li quvurlar uchun 35 kg bo‘ladi.
Nasos shtangalarini ushlash uchun shtanga elevatorlari ikki turi ishlab chiqiladi: ЭШН –5 yuk ko‘tarish qobilyati 5 tn va ЭШН –10 yuk ko‘tarish obilyati 10 tn.

      1. Download 6.89 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling