A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Yer osti ta’miri ishlarini o‘tkazishda qo‘llaniladigan ko‘tarib turuvchi inshoat va mexanizmlar


Download 6.89 Mb.
bet132/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Yer osti ta’miri ishlarini o‘tkazishda qo‘llaniladigan ko‘tarib turuvchi inshoat va mexanizmlar.


Quduq burg‘ilanib va o‘zlashtirilib bo‘lgandan keyin burg‘ilash minorasi boshqa joyga yangi quduq burg‘ilash uchun ko‘chiriladi. Ularning o‘rniga quduq ichiga ishlatish jixozlarini tushirib ko‘tarish uchun bir muncha soddalashtirilgan ko‘taruvchi inshoat qo‘llanilishi kerak bo‘ladi. Konlarda ko‘taruvchi inshoatning ikki turi qo‘llaniladi: muqim va harakatlanuvchi ko‘taruvchi inshoat.
Muqim ko‘tarib-tushiruvchi inshoatga har xil turdagi minora va machta (ikki oyoq) lar kiradi. Minoralar ishlatib bo‘lingan nasos-kopressor quvurlar va burg‘ilash quvurlardan ham tayyorlangan bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan balandligi 24 va 22 m bo‘lagan (BЭT –24 x 75 va BЭT –22 x 50) ko‘tarish qobilyati 75 va50 t bo‘lgan minoralar ko‘p tarqalgan. Minora oyoqlari pastki qismi oralig‘idagi masofasi 6 m dan 8 m gacha yuqori qismi 2 m bo‘ladi. 17.1 – rasmda BЭT –22 x 50 markali minora keltirilgan.

17.1-rasm. BЭT-22x50 ishlatish minorasi.
Ayrim hollarda balandligi 24 m va yuk ko‘tarish qobilyati 40 t bo‘lgan uch oyoqli metal minoralar ham ishlatiladi. Oyoqlari pastki qismidagi masofasi 5 m va yuqorisidagi oralig‘i 2 m bo‘ladi. Chuqur bo‘lmagan quduqlarda minora o‘rniga machtalardan foydalaniladi. Sanoatda metal machtalarning ikki turi ko‘p qo‘llaniladi: MЭСН –15 x 15 yuk ko‘tarish qobilyati 15 tn va MЭСН –22 x 25 yuk ko‘tarish qobilyati 25 t. machta (17.2 - rasm) bir-biri bilan 50 –mm quvur bilan ko‘ndalangiga ulangan uchta diametri 63 mm nasos-kompressor quvuridan tayyorlangan ikki oyoqdan iborat bo‘ladi.

17.2-rasm. MES-15x15 ishlatish machtasi.
Machtaning yuqori plitasiga kranblok o‘rnatilgan bo‘ladi. Yig‘ish va tashish qulay bo‘lishi uchun machta bo‘laklarga ajratiladi. Ko‘p qatorli quduqlarda ikki yoki uch kranblokli minora yoki machta o‘rnatiladi.
Muqim minora yoki machtalar yil davomida 2-3 % kalendar vaqtida qo‘llaniladi. Har-bir quduqda minora o‘rnatish katta harajat va ko‘p metal sarflanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun oxirgi paytlarda quvurda ta‘mirlash ishlarini olib borish uchun ko‘chirib yuriluvchi minora va machtalardan foydalaniladi. 17.3- rasmda ko‘chma machta keltirilgan, u lebyotka bilan traktor yordamida tashiladi va lebyotka yordamida traktor ko‘targich quduq oldida jixozlanadi.

17.3-rasm Harakatlanuvchi ―Бакинес-3M‖ agregati.
1-minora; 2-tal tizimi; 3-oldingi tayanch; 4-transmisiya; 5-lebyotka; 6- ko‘taruvchi minoraning kelisli mexanizmi; 7-arqa tayanchi;
Konlarda PTMT – 40 markali harakatlanuvchi machtalar ishlatiladi. Qurilma barcha qismlari gusenisali «Восток» telejkasiga o‘rnatilgan.
Konlarda ПTMT – 40 markali harakatlanuvchi machtalar ishlatiladi. Qurilma barcha qismlari gusenisali «Восток» telejkasiga o‘rnatilgan.
Harakatlanuvchi «Бакинес» agregati (17.3-rasm v) T – 100 gusenisasi traktorga jixozlar kompleksi o‘rnatilgan, uning tarkibiga: machta 3, kronblok, tal blok 4, baraban yig‘masi 17, karobka 16 va machtali ko‘taruvchi mexanizm 1 lar kiradi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling