A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Ishlatuvchi quvurlarda tutish ishlarini olib borish


Download 6.89 Mb.
bet135/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Ishlatuvchi quvurlarda tutish ishlarini olib borish.Tutish ishlari bir muncha ko‘proq mexnat talab qiluvchi ish. Sababsiz halokat sodir bo‘lmaydi. Quduqning ishlash rejimiga rioya qilmaslik va proflaktik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik avariya holatlarining sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Avariyani bartaraf etish bilan kon yoki tubdan ta‘mirlash ishlari korxonalari shug‘ullanadi. Kon uncha murakkab bo‘lmagan ishlarni amalga oshiradi: nasos shtangasini, kanatni, jelonkani va ayrim hollarda quvurni tutish ishlarini amalga oshiradi.
Tutuvchi instrumentlar tuzilishi va turi bo‘yicha turli xildir. Quvurni tutish uchun quvur tutgichlar, overshotlar, kolokol, metchiklar qo‘llaniladi; shtangani tutish uchun- shlislar, overshotlar, ilgaklar qo‘llaniladi; boshqa narsalarni tutish uchun- urochka, kryuchk, ershlar, shtroplar, magnit frezerlar va boshqalar qo‘llaniladi.
Tutuvchi instrumentlar quduqqa burg‘ilash yoki nasos kompressor quvurlari bilan tushuriladi. Ayrim instrumentlar shtangani yoki chuqurlik nasosini tutish uchun nasos shtangalar yordamida tushiriladi.
Quduqqa tutuvchi instrument tushirilishdan oldin, ishlatuvchi quvurlar tizmasini holatini va quduqqa qolgan narsaning joylashini bilish maqsadida pechat
tushiriladi. Pechat orqali quduqqa yotgan narsani holati o‘rganilib, shunga qarab tutuvchi instrument tanlanadi.
Quvurni tutish uchun qo‘llaniladigan asosiy instrument bu- quvur tutqich hisoblanadi. Ular ichki quvur tutgichlar yani tushgan quvur ichki qismidan tutish uchun, tashqi quvur tutqichlar quvurini tashqi tomondan muftasidan tutish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.Yuqori qismi singan yoki muftasi olinib ketgan nasos – kompressor quvurini tutish uchun tutgich kalokollardan foydalaniladi.
Quduqni tugatish. Quduqni tugatish deganda texnik yoki geologik sabablarga ko‘ra quduqlarni burg‘ilash yoki ishlatish uchun yaroqsiz quduqlarni tugatish tushiniladi.
Burg‘ilash ishlari tugallanmagan quyidagi quduqlar tugatiladi: 1) murakkab avariyaga uchragan va avariyani bartaraf etish mumkin emasligi texnik isbotlangan, shu bilan birgalikda boshqa maqsadda, haydovchi yoki kuzatuvchi quduq sifatida qo‘llash mumkin bo‘lmagan quduqni. 2) quduq ochgan gorizontda neftgazga to‘yingan qatlam yo‘ki quduqlarda.
Ishlovchi quduqlar quyidagi sabablarga ko‘ra tugatiladi: 1) avariyani bartaraf etishning texnik imkoniyati yo‘q quduqlarni; 2) quduq mahsuloti chekka suvlar bilan 100% suvlangan va boshqa suvlanmagan qismga o‘tish imkoniyati yo‘q quduqlarni.




      1. Download 6.89 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling