A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Quduqda yer osti ta’mirini o‘tkazishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari


Download 6.89 Mb.
bet136/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqda yer osti ta’mirini o‘tkazishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari. Neft qazib olish sanoatda quduqni yer osti ta‘miriga bog‘liq ishlar bir muncha murakkab va xavfli hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda har bir ishchi mexanizmlar bilan muloqat qilish qoidalarini bilishi va ishni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan texnika

xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi talab qilinadi.
Yer osti tamiri birgadasining har bir ishchisi texnika xavsizligi bo‘yicha maxsus kursni tamomlagan bo‘lishi va kondagi ishni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar va qoidalar bilan tanishgan bo‘lishi kerak.
Yer osti brigadasining asosiy ishlab chiqarish agregati ko‘tarib tushiruvchi inshoat va mexanizmlar, yaniy minora, ko‘targich va tal tizimi hisoblanadi. Birinchi navbatda ularning mustahkamligi va ishonchligiga e‘tibor berish kerak bo‘ladi.
Ko‘tarib-tushirish jarayonidan oldin minora va machtani, tal tizimini diqqat bilan ko‘zdan kechirib chiqish kerak bo‘ladi. Po‘lat arqonli tortqich minora tepasiga va yakor pastiga yaxshi mahkamlangan bo‘lishi kerak. Agar tortgich bo‘shagan bo‘lsa uni mahkamlash talab qilinadi. Barcha zina poyalarni, maydonchalarni, ayoq va minora yuqorisini ko‘zdan kechiqib chiqish kerak bo‘ladi. Minora yuqorisida hech qanday narsa qolmasligi kerak, yuqorida kichik narsaning (bolt, gayka) tushib ketish og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ishlatuvchi quvurlar usti atrofida ishchi maydon quvurlarni yechish va qotirish uchun mustahkam va yetarli o‘lchamda doska bilan jixozlangan bo‘lishi kerak. Bu joy toza oyoq toymaydigan va surinib ketmaydigan bolishi kerak. Har bir quduq burg‘ilash maydonini, to‘kilgan neft va loylarni yuvish uchun mo‘ljallangan suv shlangalarda keltirilgan bo‘lishi kerak. Traktorist ish o‘rni yomg‘ir va quyoshdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Ishdan oldin quvurni ko‘tarib tushirish mexanizmlarining ovoz chiqarayotgan qismlarini moylash talab qilinadi, aks holda avarya holatlari ro‘y berishi kuzatiladi.
Ko‘taruchi kryuk ish vaqtida ochilib ketishidan saqlovchi qulfga ega bo‘lishi
kerak.
Barcha instrumentlar toza va soz holatda bo‘lishi talab qilinadi. Nosoz
elevator ko‘tarish vaqtida ochilib ketishi natijasida ko‘tarilayotgan quvur quduqqa tushib ketishi yoki ishchiga zarar yetkazishi mumkin. Zanjirli kalitning nosozligi quvurlarni qotirish va bo‘shatish vaqtida ishchiga jarohat olib kelishi mumkin.
Ko‘zni sim bo‘laklaridan asrash uchun himoya ko‘z oynagini taqish talab qilinadi.Po‘lat arqon bilan ishlashda qo‘lqop kiyish kerak.
Favvora va gazlift armaturalarini yechish va nasos qudug‘idan nasos kompressor quvurini ko‘tarishdan oldin quvur va halqali qismdagi bosim atmosfera bosimigacha tushirilishi kerak bo‘ladi.
Nasos qudug‘ida ta‘mirlash ishlarini olib borishdan oldin balansir boshchasi orqaga yoki biron tomonga olinishi talab qilinadi.
Stelajga bittadan shtangalarni qo‘yish va ko‘tarishga ruxsat beriladi.
Stelajga shartli diametri 60 mm bo‘lgan uzunligi 16 m dan uzun bo‘lmagan ikkita nasos kompressor quvurini qo‘yish va ko‘tarish mumkin, ko‘taruvchi inshoat balandligi 22 m dan past bo‘lmasliga va minora darvozasidan quvur erkin o‘tishi kerak.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling