A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet144/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Osma chig’ir (tal) arqoni - qo‘zg‘almas kranblok va harakatlanuvchi osma chig‘ir (tal blok)ni bog‗lovchi po‘lat arqon.
Portlovchi moddalar- kimyoviy reaksiyaga shiddatli kirishib, ko‘p issiqlik va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy birkmalar yoki moddalar aralashmasi. Portlovchi moddalarga tetril, geksogen, oktogen, nitroglitserin, nitrometan va boshqalar kiradi.
Po’lat arqon-tushirish va ko‘tarish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan
arqon.
Protektor halqasi - mustahkamlovchi quvurlar birikmasini har xil
shikastlanishlardan va qulflarni yeyilishdan saqlashga mo‘ljallangan halqa.
Paker-quvurlar oralig‘ini ajratuvchi moslama.
Plunjer-uzunligi diametridan ancha katta bo‘lgan porshen; plunjerli nasoslar, zolotniklar, gidravlik silindrlarning detali.
Plunjerli ko’targich-plunjerdan foydalaniladigan davriy gaz liftning bir turi. Uning tarkibiga gazliftdan tashqari plunjer, lublikator, pastki va yuqorgi amortizatorlar kiradi.
Quduqlarning o’zaro ta’siri-bir quduqdan suyuqlikni qazib olganda uning ikkinchi quduqga ko‘rsatadigan ta‘siri.
Qatlamga ta’sir etish - qatlamga kislota bilan ishlov berish, bosimni keskin o‘zgartirish, qatlamda gidravlik uzilishni tashkil etish, erituvchi moddalar bilan ishlov berish, termokimyoviy yo‘llar bilan ta‘sir etishga asoslangan.
Quduqni vaqtincha to’xtatish - quduqini sinash jarayonida mahsuldor qatlamlardan sanoat ahamiyatiga ega neft va gaz zahirasi aniqlanagan, qazib olishga topshirish sharti bilan quduqni vaqtincha to‘xtatilib qo‘yilishi.
Qatlamdan neftni siqib chiqarish -kollektor-qatlam tarkibidagi neftning boshqa agent (suv, gaz, eritish modda) lar bilan o‘rin almashish jarayoni.
Quvurlar birikmasi boshchasi - qudug‘iga tushirilgan mustahkamlovchi quvurlar birikmasini bog‘lab (tutib) turishga va quvurlar oralig‘i bo‘shlig‘ini zichlashtirishga xizmat qiladi.
Quduq tubi bosimi -neft, gaz va suv qazib olinayotgan quduq tubidagi flyuidlar bosimi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling