A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet142/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Kompensator – markazdan qochma cho‘kma eletronasos qurilmasida dvigatelning moylash tizimini kompensatsiyalovchi qurilma.
Knduktor - burg‘ilayotgan quduqlarga qo‘yiladigan quvurlar. Ular quduqning to‘g‘ri yo‘nalishi va yuqori qismi qatlamlaridagi jinslarning mustahkamligini taminlaydi va suvdan muhofaza qilish uchun xizmat qiladi.
Kranblok-tal sistemasining bir qismi bo‘lib, burg‘ilash minorasi romi tepasiga joylashtirilgan moslama. U quduqdan quvurlarni ko‘tarish va tushirishga mo‘ljallangan.
Kon – quruq yoki suv bilan to‘yingan o‘tkazmas qatlam bilan chegaralangan bir yoki bir nechta uyumkarning ustma ust joylashishi. Konlar zahirasiga, sifatiga va xalq xo‘jaligidagi tutgan o‘rniga ko‘ra kichik, o‘rta va katta bo‘ladi.
Kapital (to’la) ta’mirlash - ishlash imkoniyatini qisman yoki to‗la yo‗qotgan mashina, mexanizm va asbob-uskunalarni tiklash jarayoni.
Laminar oqim-suyuqlik yoki gazning tartibli oqimi; suyuqlik qo‘shni qatlamlarning o‘zaro aralashib ketmasligi bilan harakterlanadi.
Legirlash-metall qotishmalar tarkibining tuzilishini o‘zlashtirish, ularga muayyan fizik, kimyoviy yoki mexanik xossalar berish uchun legirlovchi elementlar kiritish. Legirlovchi qo‘shimchalar, odatda, erigan metallarga qo‘shiladi.
Ko’taruvchi (lift) quvurlar tizmasi-qazib olish qudug‘idan qatlam flyuidlari (neft, gaz, suv)ni tashqariga ko‘tarishga mo‘ljallangan qurilma.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi- quduq devorlaridagi tog‘ jinslarini o‘pirilishdan saqlash va ularni mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan po‘lat quvurlar birikmasi.
Machta-burg‘ilash yoki qo‘shimcha ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan tushirish va ko‘tarish operatsiyalarini bajarishga mo‘ljallangan. Machtaning oltisimon, a-shaklli va qurama turlari mavjud. balandligi 10-15 m gacha bo‘lgan olti shaklli machta eng ko‘p tarqalgan.
Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi - quduqlar devorini mustahkamlash, neft, gaz va suv qatlamlarini bir-biridan izolyatsiya qilish hamda qatlamlardagi mahsulotni tepaga chiqarib olish uchun mo‘ljallangan quvurlar birikmasi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling