A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet145/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqning solishtirma debiti-quduqdagi suyuqlik sathining bir birlik uzunlikka pasayishiga mos keluvchi suyuqlik sarfi; l/sm, m3/sm da ifodalanadi.
Qatlam suyuqliklarini sizdirish - qatlam suyuqliklarini tabiiy va sun‘iy tadbir yordamida sizdirish.
Quduqning tuzilishi - quduqlarining tuzilishini (chuqurligi bo‘yicha diametrining o‘zgarishi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi diametri va tushirish chuqurligi) tasvirlashga asoslangan. Quduq tuzilishini tanlashning dastlabki materiallariga geologik kesimdagi tog‘ jinslarning fizik-mexanik xosslari asos qilib olinadi.
Quduqlarni tugallash- neft va gaz qatlamini burg‘ilash, quduq ichiga tushiriluvchi quvurlarini sement bilan mustahkamlash, qatlam unumdorligini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish jarayoni.
Quduqning maqbul debiti - quduqdagi uyumdan oqilona foydalanishni ta‘minlash sharti bilan quduqdan eng ko‗p miqdorda olinadigan uglevodorodlar hajmi.
Quduqlarini o’zlashtirish - mahsuldor qatlamlardan flyuid oqimlarini yer yuziga chiqarish uchun mo‗ljallangan kompleks ishlar majmi. Bunga quydagilar kiradi: quduq og‗zini zichlash, quduq ichiga asbob-uskunalarini tushirish, yer usti asbob-uskunalarini o‗rnatish, qatlamdagi suyuqlik oqimini harakatni ta‘minlash.
Quduq tubini tozalash - burg‗ilash jarayonida quduq tubida yig‗ilib qolgan mayda tog‗ jinsi zarrachalari burg‗ilash eritmasi yordamida tashqariga chiqarish jarayoni. Zarbali burg‗ilashda quduq vaqti-vaqti bilan jelonka yordamida tozalab turiladi.
Quduqlarni davriy ishlatish- kam debitli quduqlardan vaqti-vaqti bilan ishlatish usuli.
Suqma nasos – Quduqdagi suyuqliksathiga botirilib ishalatiladigan, suyuqliklarni qudug‗idan tortib chiqarishga mo‗ljallangan nasos.
Tebratma dastgoh- neftni quduqdan yer yuzasiga chiqarib olishga mo‘ljallangan dastgoh.
Uglerodli po’lat-tarkibida 0,04-2% uglerod va doimiy qo‗shilmalar (1% gacha marganets, 0,4% gacha kremiy, 0,07% gacha oltingugurt, 0,09% gacha fosfor) bo‗lgan legirlangan po‗lat. Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‗ra, past uglerodli (c 0,25% gacha), o‗rtacha uglerodli (c 0,25-0,6% gacha), yuqori uglerodli (c 0,6% dan ortiq) xillarga bo‗linadi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling