A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet19/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

3.7-rasm. a) Uyumlarni bloklarga ajratib suv haydash.
1-neftlilik chegarasi; quduqlar: 2- haydovchi; 3-qazib chiqarish.

3.7-rasm. b) Aylana uyumlarni bloklarga ajratib suv haydash.
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish; Qatlaam qalinligi va kollektorlik xossasi
bo‘yicha hududi: 5- yuqori, 6 - kichik



Maydon bo’ylab suv haydab ishlatish tizimi qumtoshlar gilli jinslar bilan ahamiyatli darajada aralashgan va neftning qovushqoqlik ko‘rsatkichi, o‘tkazuvchanligi, gidroo‘tkazuvchanligi va harakatchanligi ko‘rsatkichi past, qatlamning qalinligi katta bo‘lgan uyumlar (ishlatish ob‘ektlari) uchun qo‘llaniladi. Bir turli tuzilishga ega bo‘lmagan uyumlarda haydalgan suv nisbatan o‘tkazuvchan qatlamchalar orqali ketib qolishi mumkin, bu qazib chiqarish quduqlarini muddatidan oldin suvlanishiga olib keladi.
Maydon bo‘ylab suv haydash tizimlarida haydovchi quduqlar va qazib chiqarish quduqlari navbatlanadi va ular orasida ma‘lum masofa saqlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi quduqlarni joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:

  1. Quduqlarni chiziqli joylashtirish sxemasi, bunda haydovchi quduqlar qazib chiqarish quduqlari qatorlari bilan navbatlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi quduqlar albatta shaxmat tartibida joylashtiriladi. Qatorlardagi quduqlar orasidagi masofa bir vazifani bajaruvchi quduqlar qatori orasidagi masofadan farq qilishi mumkin;

  2. To‘rt nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar uchburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa uning markazida joylashtiriladi;

  3. Yetti nuqtali sxema neftning harakatchanligiga qarab tanlanadi, haydovchi quduqlar to‘ĝri oltiburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;

  4. Besh nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar kvadratning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi;

  5. To‘qqiz nuqtali sxema uyumning bir turligiga qarab tanlanadi, haydovchi quduqlar kvadratning uchlari va uning tomonlari o‘rtasida joylashtiriladi, qazib chiqarish quduqlari esa markazida.


Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling