A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Quduqni o‘zlashtirish va suyuqlik oqimini olish


Download 6.89 Mb.
bet28/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqni o‘zlashtirish va suyuqlik oqimini olish


Oqim hosil qilish va qatlamning ma‘lum hududi imkoniyatlariga mos mahsuldorligini taminlashga bog‘liq texnologik jarayonlar majmuasi quduqni o‘zlashtirish deb ataladi. Quduq qatlamni burg‘ilab o‘tgandan keyin, mustahkamlovchi quvurlar tizmasini teshish ishlari ikkilamchi ochish ham deyiladi.
O‘zlashtirish maqsadi hosil qilingan perforasiya kanalchalarining tabiiy o‘tkazuvchanligini saqlab, quduqning potensial imkoniyati bilan ishlashini ta‘minlashdan iborat. Oqim chaqirish va quduqni o‘zlashtirishga bog‘liq barcha jarayonlar quduq tubida bosimlar farqini hosil qilish bilan, yani quduq tubi bosimining qatlam bosimidan kichik bo‘lishini ta‘minlab amalga oshiriladi. Mustahkam kollektorlarda bu depressiya katta va unga tez erishilsa, yemiriluvchan kollektorlarda kichik va bunga sekin erishiladi.
Boshlang‘ich qatlam bosimi yuqori bo‘lgan, favvoralanish kutilayotgan quduqlarni va kichik bosimli (ishlanayotgan maydonda) ochiq favvoralanish xavfi yo‘q, mexanizasiyalashgan usulda ishlatilishi kutilayotgan quduqlarni o‘zlashtirish usullari farq qiladi. Neft qazib olish amaliyotida qatlamni ochish va o‘zlashtirish texnologiyasini buzib qo‘yish orqali uzoq yongan boshqarib bo‘lmaydigan ochiq favvoralanish ko‘p kuzatilgan. Bunday holat quduqning ishdan chiqarish bilan birgalikda konning qazib olinadigan zaxirasini tugab qolishiga ham olib keladi.
Oqim chaqirishning oltita asosiy usullarga bo‘lish mumkin:
Tartaniya, porshenlash, quduq suyuqligini yengilroq suyuqlikka almashtirish, kompressor usuli, gazsuyuqlik aralashmasini haydash, suyuqlikni chuqurlik nasosi bilan chiqarib tashlash.
O‘zlashtirishdan oldin quduq ustiga tavsiya qilinayotgan ishlatish usuliga qarab, quduq usti armaturasi yoki uning qismlari o‘rnatiladi. Har qanday holatda mustahkamlovchi quvurlar tizmasi flansiga, kerak bo‘lganda quduq stvolini yopish uchun, yuqori bosimli zadvijka o‘rnatiladi.
Tartaniya usuli- ingichka (16 mm) kanat bilan tushirilgan jelonka bilan quduqdan suyuqlikni lebedka yordamida chiqarish orqali amalga oshiriladi. Jelonka pastki qismida shtokka tayanib ochiladigan, shtokli klapan bilan jixozlangan, uzunligi
sakkiz metr bo‘lgan quvurdan tayyorlanadi. Jelonka yuqori qismida kanatni biriktirish uchun tutqich ko‘zda tutiladi. Jelonka diametri mustahkamlovchi quvur diametrining 0,7 dan katta bo‘lmasligi kerak. Jelonka bir marta tushib chiqqanda 0,06 m3 gacha suyuqlikni olib chiqadi.
Tartaniya usuli ish samarasi past, ko‘p mehnat talab qiladigan usul hisoblanadi. Favvoralanish hosil bo‘lsa kanat va jelonkani chiqarib olmasdan turib usti zadvijkani yopishning iloji yo‘q. Gilli eritmani chiqarish va quduqdagi suyuqlik sathini nazorat qilish kabi yaxshi tomonlari ega.
G‗armiston maydonidagi mahsuldor qatlam 3440-3500m gacha bo‗lgan oraliqdagi mahsuldor qatlam ochiladi. Mahsuldor qatlamini ochganimizdan keyin 140mm ishlatish tizmasini tushiramiz va uni sementlaymiz. Sementlaganimizdan so‗ng perforatsiya ishlarini olib boramiz.
O‗qli perforatsiya. Perforatsiya oraliqlari 3460-70-75m chuqurlikda otiladi.
Oqim chaqirishdan oldin mahsuldor qatlamni ochish uchun kislotali vanna qo‗yiladi. Kislotali vanna quyishdan maqsad qatlam g‗ovakliklarida kanallarni ochish va quduqqa kirib kelishiga sharoit yaratish.
G‗armiston maydonida mahsuldor qatlamining bosimi 365-370 atm., bundan kelib chiqadiki bizda quduqda gidrostatik bosimni pasaytirishimizga to‗g‗ri keladi. Shuning uchun suvdan yengilroq suyuqlik bilan quduq tubi bosimi pasaytiriladi, unda sulfanol reagenti orqali suyuqlik zichligi 1 g/sm2- pastga tushiriladi.
Ayrim holda og‗irligi yengil bo‗lgan AZOT gazi orqali aerozatsiya ishlari ham olib boriladi.
G‗armiston neft koni neftga boy bo‗lib, aerozatsiya ishlari tugatilganda, sutkada 100 tn debit bilan neft olina boshlandi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling