Na`muna o`lchamli perforatorlarni tanlash. Na`muna o`lchamli perforatorlarni ishlatish tizimning sementli qobig‘ining holatiga; mustahkamlash quvuriga; suyuqlik xossasiga quduqni to`ldiruvchi suyuqlikka quvurlardagi to`siqlarni mavjudligida; SNT va GNT larning holatiga va tizim soniga; berkituvchi
qatlam va quduqdagi termobarik sharoitga va qatlamni qalinligi kabi omillarga bog‘liq ravishda tanlanadi.
Birinchi navbatda quduqlardagi termobarik sharoitlarda qo`llanishi mumkin bo`lgan perforatorlarning guruhi tanlanadi. Quyida keltirilgan sabablarga muvofiq tanlangan perforatorlardan ba`zilari chiqarib tashlanadi:
sement qoplamasining qoniqarsiz holatida, SNCh yoki GNCh ga yaqin joylashganda;
perforatorlar va mustahkamlaovchi quvur devori oralig‘idagi masofa yetarli bo`lmaganda (4.2-jadval);
quduqning qiyalik burchagi katta (hamma perforatorlar kabelda tushiriladigan kichik o`tish qiymatida quduqni egrilanishi 0,7 radiandan katta) bo`lganda;
qatlam oralig‘ida zararli ta`sir etuvchi komponentlar (maslan H2S, S va shu kabilar) bo`lgan hollarda.
Otuvchi perforatorlar bilan mustahkamlash tizmasi devori oralig‘idagi minimal ruxsat etilgan oraliqlar
4.2-jadval
Perforator turi
|
Perforatorlar diametri yoki ko`ndalang o`lchami, mm
|
Quduqdagi suyuqlikning
zichligi, kg/m3
|
Minimal oraliqlar, mm
|
ПК
|
800-105
|
<1300
1300-1500
|
13
15
|
ПКО, ПКАТ
|
73-89
|
≤1500-1500/23
|
22
23
|
ПО
|
43-54
|
≤100
|
25
7 -8
|
КПРУ
|
65
|
>1000
|
11
|
ПВКТ,ПВТ
|
70-73
|
800-2300
|
23
|
1300>
Do'stlaringiz bilan baham: |