A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quduq suyuqligini almashtirish.
Porshenlash. Porshenlashda (svablashda) porshen yoki svab NKQ ga kanatda tushiriladi. Porshen pastki qismida yuqoriga ochiluvchi klapani mavjud kichik diametrli (25-37,mm) quvurdan tayyorlanadi. Quvurning tashqi yuzasi elastik rezinali manjet (3-4 dona) bilan jixozlangan bo‘ladi. Porshenni suyuqlikka tushirishda klapan orqali suyuqlik porshn ustki qismiga chiqadi. Porshen tepaga harakatlanishida klapan yopiladi, suyuqlik ustuni bosimi ta‘sirida manjet NKQ ga zich boradi va suyuqlikni
haydaydi. Porshenning bir ko‘tarilishida suyuqlik sathi ostida botirilgan suyuqlik ustunini yer yuzasiga olib chiqadi. Tushirilish chuqurligi tortuvchi kanat mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 75-150 m gacha bo‘ladi. Porshenlash tartaniyadan 10-15 marta samarali. Porshenlashda ham quduq usti ochiq bo‘ladi, tasodifiy otqinning oldini olish qiyin bo‘ladi.
Quduq suyuqligini almashtirish. Alamashtirish favvora hosil bo‘lishi va otqinni oldini oluvchi quduq usti jixozlari o‘rnatilib, quduqqa NKQ tushirilgan holatda amalga oshiriladi. Burg‘ulashdan chiqqan quduq burg‘ulash ertmasi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Quduqni suv yoki gazsizlantirilgan neft bilan yuvib (to‘g‘ri va teskari) quyidagiga teng kichik quduq tubi bosimini olishimiz mumkin: (4.1) bu yerda: ρ1 – gilli eritma zichligi; ρ2 – yuvuvchi suyuqlik zichligi; L – tushirilgan NKQ ning chuqurligi; β – quduqning o‘rtacha qiyshayish burchagi. Oson o‘zlashtirish mumkin kollektorli va qatlam bosimi katta Pqat>ρ2·g·L·cosβ quduqlarni bu usulda o‘zlashtirish mumkin. (4.33) formulasidan ko‘rinib turibdiki burg‘ilash eritmasini (ρ1=1200 kg/m3) neft (ρ2=900 kg/m3) bilan almashtirilsa, gilli eritma hosil qilgan bosimdan 25% maksimal tushishi kuzatiladi. Quduqdagi suyuqlik nasos agregati bilan, ayrim holatda burg‘ilash naoslari bilan almashtiriladi. Ayrim holatda kondagi quduqlarni o‘zlashtirish amaliyotida xavfsizligi ishonchli bo‘lsa bosimni tushirish uchun porshenlash usulidan foydalanib sath pasaytiriladi. Kompressor usulida o‘zlashtirish. Bu usul favvora, yarim favvora va ayrim holatda mexanizatsiya usulida ishlaydigan quduqlarni o‘zlashtirishda keng qo‘llaniladi. Quduqqa NKQ tushirilib, quduq usti favvora armaturasi bilan jixozlanadi. Quvurlar oralig‘iga harakatlanuvchi kompressordan kelayotgan haydovchi quvur ulanadi. Quvur orti qismiga haydalgan gaz, suyuqlikni bashmakkacha bosib, NKQ ga tushadi va suyuqlik bilan aralashadi. Buning hisobiga quduq tubidagi bosim tushadi. Gaz (havo) sarfini meyyorlab, quvurdagi gazsuyuqlik aralashmasining zichligini o‘zgartirish mumkin. Pq.t qat bo‘lganda quduqqa tomon oqim hosil bo‘lib, favvora yoki gazlift rejimida ishlay boshlaydi. O‘zlashtirish quduq usti zichlangan holatda jarayon ko‘rsatkichlari muntazam kuzatuv ostida olib boriladi. Bu usulning yaxshi tomoni xavfsiz va qatlamda sezilarli bosimlar farqini tezda hosil qilish mumkinligidadir. Yemiriluvchan va nobarqaror kollektorlardan tuzilgan quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari chuqur quduqlarda (4500-5500 m) ham kompressor usulida o‘zlashtirish tavsiya qilinmaydi. Quduq tubidan suyuqlikni yer yuzasiga chiqarish uchun qatlam energiyasidan to‘liq foydalanishga NKQ ni filtrning birinchi teshigigacha tushirish orqali erishiladi. Suyuqlik sathini NKQ bashmagigacha siqish uchun, ayniqsa chuqur quduqda bir necha o‘n megapaskalga siqadigan kompressor kerak bo‘ladi. Bu o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun quvurlar tizmasiga oldindan ma‘lum chuqurlikka ishga tushirish teshigi (ishga tushirish muftasi yoki ishga tushirish klapani) teshiladi. Quvur ortidan siqilgan suyuqlik, ushbu teshikdan pastga tushganda gaz NKQ ga kirib teshikdan yuqoridagi suyuqlikning tarkibiga eriydi. Agar teshik sathida NKQ ichidagi bosim P1 ga teng bo‘lsa, quduq tubi bosimi Pq quyidagiga teng bo‘ladi: , (4.2) bu yerda H – quduq tubi chuqurligi (filtr yuqori teshigigacha); L-ishga tushirish teshigi chuqurligi; ρ1 –suyuqlik zichligi; β-quduqning o‘rtacha qiyshayish burchagi. Gaz haydashgacha quduq tubi bosimi quyidagiga teng: , (4.3) (4.2)(4.3) larni hisoblab qatlamdagi depressiyani aniqlaymiz: , (4.4) Kompressor bilan hosil qilinadigan bosim qancha bo‘lsa, L chuqurligi yoki NKQ bashmagi shuncha katta bo‘ladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling