A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Quduq va qatlamning o‘zaro ta’siri


Download 6.89 Mb.
bet32/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduq va qatlamning o‘zaro ta’siri


Yuqoridagi debit formulasi radiusi Rk bo‘lgan shakli aylanaga yaqin konlardan bitta quduq ishlayotgan hol uchun keltirilgan. Amalda uyum ko‘p sonli quduqlar bilan ishlanadi. Ko‘plab quduqning birgalikda ishlatilish vaqtida, ular bir biriga ta‘sir ko‘rsatadi. Quduqlarning o‘zaro ta‘siri yoki interferentsiyasi, alohida quduq yoki quduqlar guruhi debiti yoki quduq tubi bosimi (yoki har ikkalasi birgalikda) qolgan quduqlarning ish rejimi o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quduqlar guruhi bilan ishlatilayotgan uyumda, boshqa quduqlarning ishi ta‘sirida har bir quduqning debiti u yoki bu miqdorda o‘zgaradi. Berilgan quduq tubi bosimi yoki berilgan debitdagi quduq tubi bosimi orqali aniqlash imkoniyatini beruvchi interfrensiyaning maxsus formulasi mavjud.
O‘zaro ta‘sirlashuvchi quduqlar atrofida hosil qiluvchi p‘ezometrik voronka
to‘g‘ri formaga ega bo‘lmaydi. O‘zaro ta‘sirlashuvchi quduqlarni orasidagi masofani yaqinlashtirilsa ulardagi qatlam bosimi tushadi, quduqlar orasidagi masofani

uzaytirilsa bosim ko‘tarilishi kuzatiladi. Shunday qilib, o‘zaro ta‘sirlashuvchi quduqlarni bir-biriga qancha yaqin joylashtirilsa, ularning ta‘siri shuncha yuqori bo‘ladi.
Amaliyotda quduq atrofidagi quduqni o‘rab turgan varonka radiusi quduqlar orasidagi o‘rtacha masofaning yarmiga teng deb olinadi. Bu masofani quduqlarning shartli ta‘sir chegarasi deb atash qabul qilingan va Rk (ta‘minot manbai radiusiga o‘xshash).
    1. Gidrodinamik nomukammal quduqlar


Quduq debitiga bog‗liq barcha formulalar, eng muhim filtratsion parametrlardan bittasi ham bo‗lmasada, gidrodinamik nomukammallik koeffitsientini o‗z ichiga oladi. Quduq nomukammaligi haqidagi tushuncha, hech qachon mazmunan bir manoda bo‘lmaydi. Bu tushuncha o‘zining sinonimi ―skin-effekt‖ ga ega.
Gidrodinamik mukammallikning elementar ma‘nosi quduq mahsuldor qatlam yuqori chegarasidan pastki chegarasigacha ochilgan va mahsuldor qatlam qarshisi ochiq qoldirilgan, quduqqa suyuqlikning sizib kirishi quduq tubi yon yuzasida yuz beradi,
Gidrodinamik nomukammaligi bo‘yicha quduqlar mahsuldor qatlam ochilish darajasi (3-rasm, a) va ochilish sifati bo‘yicha (5.1-rasm, b) turlari mavjud.
Shu bilan birgalikda quduqlar qatlam ochilish darajasi bo‘yicha mukammal va ochilish sifati bo‘yicha nomukammal bo‘lishi ham mumkin.
Ochilish sifati bo‘yicha nomukammal quduq, mahsuldor qatlamni to‘liq ochmasdan, balki uning qanchadir qismini ochadi. Ochilish sifati bo‘yicha nomukammal quduqda qatlam bilan teshilgan teshiklar yoki filtrlar bilan bog‘lanadi.
Gidrodinamik nomukammal quduq debitining mukammal quduq debitiga nisbati quduqning nomukammallik koeffitsiyentini bildiradi.

5.1-rasm. Gidrodinamik nomukammal quduq:
a-ochilish darajasi bo‘yicha; b-ochilish sifati bo‘yicha (perfarasiya)
Bir xil sharoitdagi nomukammal quduq debiti mukammal quduq debitidan kichik bo‘ladi va shuning uchun nomukammallik koeffitsiyentini birdan kichik bo‘ladi.
Nomukammallik koeffitsiyenti laboratoriya sharoitida elektroanalogiya usuli orqali aniqlandi va uni aniq quduqlarda tekishirish mumkin.
Quduqning nomukammalligini hisoblash uchun V.I. Shurov mahsus hisoblash formulasi va egri chiziqli usullarini ishlab chiqdi.
Agar quduqning nomukammalligi darajasi va sifati bo‘yicha bo‘lsa, umumiy nomukammalik koeffitsiyentini φ bilan belgilasak, unda debit formulasini quyidagicha ifodalaymiz.
(5.5)

Nomukammallik koeffitsiyenti birlik ulishida beriladi.


V.I.Shurov bo‘yicha quduqning nomukammalligi formulaga o‘lchovsiz kattalik C ko‘rinishida qo‘shimcha qarshilik kiritilishi bilan hisoblanadi. Bunda formula quyidagi ko‘rinishda yoziladi




bu yerda Q- quduq debiti; h- qatlam qalinligi;
(5.6)

C=C1+C2; bu yerda C1-ochilish sifati bo‘yicha nomukammal quduqqa oqib kelishda qo‘shimcha qarshilikni hisobga oluvchi koeffitsiyent; C2-ochilish darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Agar quduq ochilish darajasi bo‘yicha mukammal, ochilish sifati bo‘yicha nomukammal bo‘lsa C ning o‘rniga C1 qo‘yiladi, ochilish sifati bo‘yicha nomukammal bo‘lsa C o‘rniga C2 qo‘yiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, quduqning nomukammalligini hisoblashda nomukammal quduqqa ekvevalent qilib radiusi ancha kichik bo‘lgan mukammal quduq olinadi. Bunda quyidagi ko‘rinishdagi quduq debiti formulasidan foydalanamiz:
(5.7)

Bu yerda barcha belgilashlar (5.6) formuladagidek, -mukammal quduqning (soxta) keltirilgan radiusi. kattaligi grafik (5.4-rasm) yoki quyidagi formula orqali aniqlanadi:


(5.8)


yoki

bu yerda e ≈ 2,718 –natural logarifm asosi.









5.2-rasm. Quduqda qatlamning ochilish sifati bo‘yicha nomukammal quduqda oqimga qo‘shimcha qarshilikni hisobga oluvchi tuzatish koeffitsiyenti C1 aniqlash grafigi:


1-a=0,03; 2- a=0,04; 3-a=0,05; 4-a=0,06;
5-a=0,07; 6-a=0,08; 7-a=0,09.

Grafikdan foydalanishda gorizontal o‘qdan aniqlangan C ning qiymatiga mos nuqtani belgilab, yuqoriga perpendikulyar tortamiz, bu qalin qiya to‘g‘ri chiziq bilan tutashgan nuqtadan chapga gorizontal to‘g‘ri chiziq tortib, vertikal o‘qda joylashgan β kattalikni aniqlaymiz (5.4-rasm).
Amaldagi radiusni β ga bo‘lib mukammal quduqning keltirilgan radiusini aniqlaymiz:
(5.9)


bu yerda


5.3-rasm. Quduqda qatlamning ochilish darajasi bo‘yicha nomukammal quduqda oqimga qo‘shimcha qarshilikni hisobga oluvchi tuzatish koeffitsiyenti C2 aniqlash
grafigi

5.4-rasm. radiusli haqiqiy quduqqa teng deb olinayotgan, gidrodinamik mukammal quduqning keltirilgan radiusini aniqlash grafigi.

C1 va C2 koeffitsiyentlar 5.2 va 5.3- rasmda keltirilgan grafik asosida aniqlanadi. C ning qiymati ma‘lum bo‘lganda keltirilgan radiusni 5.4-rasmda berilgan grafikdan foydalaniladi.

  1. Download 6.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling