A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.14-rasm. Quduq usti g’ildirakli salnik-lubrikatori.
|
9.15-rasm. Ochiladigan pichoqli o’zgaruvchan kesimli skrebka ko’rinishi. 1 – metal arqonni bog‘lovchi tutgich; 2 – harakatsiz planka; 3 – qiya yo‘naltirilgan teshik; 4 – harakatsiz pichoq; 5 – harakatlanuvchi plankaning pichog‘i; 6 – harakatlanuvchi planka; 7 – dasta (skoba). |
Lubrikator uzunligi skrebka va yuk ichiga sig‘ishini ta‘minlashi kerak bo‘ladi. Parafinni tozalash uchun mo‘ljallangan ikki yoqqa ochiladigan pichoqli, ko‘ndalang kesimi o‘zgarvchan skrebkaning har xil konstruksiyasidan foydalaniladi(9.15-rasm). Yuqoriga ko‘tarish vaqtida skrebka pichog‘i ikki tomonga ochilib diametri ko‘taruvchi quvur ichki diametriga teng bolib qoladi. Skrebka pastga tushishida pichoq quvur diametridan 10-20 mm ga kichrayadi.Skrebka ishlashida quduq devoridagi parafinlar to‘liq tozalanadi.Quduqqa skrebkani tushirish uchun avtomatik deparafinizasiya qurilmasidan- ADQ foydalaniladi. ADQ si quduq atrofida joylashtirilgan maxsus skrebkali budkaga o‘rnatilgan boshqaruv stansiyasi,
elektrodvigatel bilan lebedkadan tashkil topgan bo‘ladi.
Ohirgi konstruksiyadagi qurilmalar(ADQ-3)skrebkani oldindan kiritilgan programma bo‘yicha kerakli chuqurlikka tushirish va ko‘tarish inson aralashuvisiz avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ko‘targichni mexanik usulda tozalashning asosiy kamchiligi quduqlarni ishlatishda uchraydigan nosozlikni (simlarning uzilishi, alohida qismlarining ishdan chiqish va boshqalar) bartaraf etish uchun qo‘shimcha moslamalarning ishlatilish.
Parafin qotib qolishi bilan kurashishning samarali usularidan biri bu quvur ichki yuzasini lak, emal va shisha bilan qoplash hisoblanadi. Bunday quvurda parafinlar qotishi kam kuzatiladi va oqim bilan tez yuviladi.
Shisha, emal va lakli qoplama kislota, ishqor va suvga qarshi chidamli, shuning uchun korroziyadan himoyalash qobilyatiga ham ega bo‘ladi.
Quvurning ichki yuzasini laklash texnologiyasi quvurning ichki yuzasini shisha bilan qoplash texnologiyasidan farq qilib oddiyroq ko‘p holatda kon maydonida amalga oshiriladi. Minglab quduqlar olovga bardoshli qilib shisha bilan qoplangan quvurlar bilan ishlatilmoqda. Bu quduqlar ta‘mirsiz uzoq vaqt ishlashlatish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling