A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Quduq ustida qarshi bosimni o’zgartirish va o’zgarmas ishchi agent sarfi usuli orqali quduqni tadqiq qilish (Maksimovich usuli)


Download 6.89 Mb.
bet79/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduq ustida qarshi bosimni o’zgartirish va o’zgarmas ishchi agent sarfi usuli orqali quduqni tadqiq qilish (Maksimovich usuli).Kompressor ko‘targichining maksimal debitiga mos quduqning ishlash rejimi o‘rnatilishi bilan bu usulda tadqiq qilinadi. Buning uchun quduqqa ma‘lum miqdordagi ishchi agent haydalib, u quduqni boshqa ishlatish rejimigacha o‘zgarishsiz qoladi. Barqaror ishlash rejimida quduqdan chiqish joyiga o‘rnatilgan manometer yordamida ishchi bosim o‘lchanadi, suyuqlik va gaz debiti aniqlanadi.
O‘lchashlar tugagandan keyin zadvijkani yopish orqali quduq debiti 25-30% ga kamaytirilib, buning hisobiga ishchi agent haydaladigan quvurda bosim ko‘tariladi va shunga mos ravishda quduq tubi bosimi ko‘tariladi. Quduq yangi rejimda barqaror rejimgacha ishlatilib, keyin uning debiti va ishchi agent bosimi aniqlanadi. Odatda
quduq to‘rt –besh xil qazib olish ko‘rsatkichida tadqiqot qilinadi. Oxirgi o‘lchov uchun chiqishdagi zadvijka to‘liq yoki kuchli pulsatsiya hosil bo‘lguncha yopiladi.


    1. Kompressorsiz gazlift


Kompressorli ishlatishda quduqdan suyuqlikni ko‘tarish uchun ishchi agentni kerakli bosimgacha siqish kompressor yordamida amalga oshiriladi. Agar kon yuqori bosimli neft qatlamiga ega bo‘lsa kompresor stansiyasini qurmasdan yuqori bosimli gazdan foydalanish mumkin. Bunday quduqlarda gaz ajratgichlardan keyin shtutser o‘rnatib, gaz bosimidan foydalanib boshqa quduqdan mahsulot qazib olishni tashkil qilish mumkin.
Konda neft qatlamidan boshqa yuqori bosimli gaz qatlami mavjud bo‘lsa, bu gazdan foydalanib neft qudug‘idan mahsulot qazib olish mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan har ikkala usul kompresorsiz gazlift usuli deb ataladi.
Kompresorsiz ishlatish usulining texnologik sxemasi quyidagicha. Gaz qudug‘idan olinayotgan gaz ajratgichlarida quritilgandan keyin qizdirgichga beriladi. U yerdan quduqlarga taqsimlash uchun gaz taqsimlovchi butkaga beriladi. Neft quduqlari jixozlar ham, gaz taqsimlovchi butkalari ham odatdagi kompressori ishlatishdagi jixozlaridan farq qilmaydi. Favvora qudug‘ini ishlatishdan boshqa barcha usullarga nisbatan kompressorsiz ishlatish usuli arzon.
Qo‘shni kon yuqori bosimli gazi, gaz qatlami yuqori bosimi yordamida, gaz do‘ppisi yordamida kompressorsiz gazlift tashkil qilish mumkin.

    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling