A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Gazlift qudug‘ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi


Download 6.89 Mb.
bet80/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gazlift qudug‘ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi


Kompressor usulida ishlatishda armaturaning sozligi va zichligini doimiy ravishda tekshirish, o‘z vaqtida joriy ta‘mir ishlarini olib borish va shtutser va flanes prokladkasini almashtirish.
Mahsuloti tarkibida ahamiyatsiz miqdorda qum bo‘lgan kompressor qudug‘ida cho‘yan armatura o‘rnatsa ham bo‘ladi. Yuqori bosimli qazib olinayotgan mahsulotida mexanik qo‘shimchalari mavjud yarim favvorali kompressor qudug‘i po‘lat armaturalar bilan jixozlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan quduqlarda uchlik tagida kerak bo‘lganda quduqni to‘xtatishga mo‘ljallangan zadvijkalar o‘rnatiladi.
Armaturaning yuqori qismini sozligini tekshirish uchun havoza billan jixozlangan bo‘lishi kerak.
Kompressor armaturalari mustahkamlik va zichlikka ishchi bosimdan 1,5 baravar katta bosim bilan tekshirilgan bo‘lishi kerak. Gaz va havo o‘tkazgichlar ta‘miri bosim atmosfera bosimigacha tushirilgandan keyin o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Quduqdqan chiqish va boshqa joylarda muzlagan qismlarni issiq suv va bug‘ bilan eritish talab qilinadi.
Kon maydonida yon‘ginga xavfli joy bu taqsimlovchi butka sanaladi. Butkani ishlatish vaqtida flanes va salniklardan sizib chiqishi gazning yig‘ilib qolishiga olib keladi. Butkada portlovchi aralashma hosil bo‘lishini oldini olish uchun shamollatib turilish talab qilinadi.
Yonuvchi aralashma yonib ketish sabablari: ochiq olov, temir buyumlarning bir biriga urilishdan chiqadigan uchqun, elektr asboblardan(rubilnik pechlarda) chiqqan uchqun va boshqalar. Shuning uchun butkada chekish va payvandlash ishlarini o‘tkazish qatiyan man qilinadi. Faqat uchqin chiqarmaydigan instrumentlardan foydalanishga ruxsat beriladi (misli). Ishlov beriladigan material yaxshilab moylangandan keyin temir keskichdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Butkaning yoritish tizimini jixozlashda gaz yig‘ilib qolishi mumkinligini etiborga olib amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Taqsimlovchi butkaning konstruksiyasi yengil va yong‘inga bardaoshli materiallardan tayyorlanishi kerak; gaz yig‘ilib qolish mumkin joyi bo‘lmasligi kerak; poli uchqin chiqarmaydigan materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak; eshik va derazasi tashqariga ochiladigan bo‘lishi kerak;

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling