Elektrodvigatellar Reja
Download 51.86 Kb.
|
Elektrodvigatellar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vodorod. Xavfli yonuvchi!»
- -jadval. Resiverlarni puflab tozalash tartibi.
Elektrodvigatellar Reja: 1.Elektrodvigatellarda ishlash. 2. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda ishlash. Vodorod bilan to‘ldirilgan generator korpuslarida, quvurlarida va gaz-moy apparatlari sistemasida o‘t yoqish bilan bajariladigan ishlarni bajarish man qilinadi. Generatorlar va gaz-moy sistemasi uskunalari yaqinida «Vodorod. Xavfli yonuvchi!» degan shiorlar osilgan bo‘lishi shart. To‘xtatilgan generatorning gaz-moy sistemasidagi ta’mirlash ishlari farmoyish bilan bajarilishi mumkin. Elektroliz uskunalariga (EU) xizmat ko‘rsatishda vodorodni kislorod yoki havo bilan aralashmasidan hosilbo‘ladigan portlovchi aralashma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik shart. Vodorodni tozaligi 98,5 foizdan, kislorodniki esa 98 foizdan kam bo‘lmasligi shart. Bosimni sozlash apparatining ko‘rgazma oynasida suyuqlik sathiko‘rinmasa, elektrolizerlarni ishlatish man qilinadi. Vodorod va kislorod sistemalari o‘rtasidagi bosimning maksimal farqi 1961,4 Pa (200 mm, suv ustuni)-dan ko‘p bo‘lmasligi shart. Elektroliz uskunalarining apparat va quvurlarini (ressiverlardan tashqari) ishga tushirilishidan oldin siqilgan azot bilan tozalanishi shart (GOST 8050-85, P NAV). Ushbu apparatlarni karbonad angidrid gazi bilan tozalash man qilinadi. EU resiverlari azot yoki karbonad angidrid gazi bilan tozalanishi mumkin (GOST 8050-85, oziq-ovqat yoki texnik navi). Bir resiver yoki resiverlar gruppasini ichini ko‘zdan kechirish zarur bulganda, ularni ichidagi vodorodni karbonad angidrid gazi yoki azot gazi yordamida tozalash, boshqa ressiverlar gruppasidan ularni flansdan tashqariga chiqqan dumli metall qopqoq yoki zulfin orqali metall zaglushkalar bilan hamda ochib-yopuvchi uskunalardan ajratish va undan keyin esa bosim ostida toza havo berib tozalash talab qilinadi. Resiverlarni inert gazi, havo va vodorod bilan puflab tozalashda ulardagi komponentlarning to‘yimi 8.1 jadvalda ko‘rsatilgan darajagacha etkazilishi zarur. Agar 0,05 foiz uglerod oksidi bo‘lgan karbonad angidrid gazining texnik navidan tozalash uchun foydalanilsa, uni karbonad angidrid gazining oziq-ovqat uchun foydalaniladigan navidan alohida saqlash zarur. Agar EU 4 soatdan ortiq o‘chirib qo‘yilsa, uning apparatlari va quvurlarini azot bilan tozalash shart. Sistema 1-4 soat oralig‘ida uchib tursa uni vodorod yoki kislorod bosimi (9,807-19,614) 103 Pa (0,1-0,2 kgs/sm2) ostida qoldirish mumkin. Uskuna 1 soatgacha o‘chirilgan taqdirda apparatlarni nominal gaz bosimi ostida qoldirish mumkin, bunda vodorod va kislorod bosimi farqini bildiruvchi bosim regulyatorlaridagi signalizatsiya o‘chirilmasligi shart. Agar elektrolizerni o‘chishi texnologik rejimni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lsa elektrolizerdan elektrolitni surib chiqarib olish zarurati tug‘ilsa, u holda apparat va quvurlarni azot bilan puflab tozalash shart. Elektroliz uskunalaridagi qurilmalarni ochish bilan bog‘liq kavsharlash va ta’mirlash ishlari bajarilganda, vodorodning yurish yo‘li bo‘yicha eng oxirgi nuqtasidagi vodorod batamom chiqarilmaguncha elektroliz uskunalaridagi puflab tozalashni davom ettirish zarur. EU xonasida ochiq olov bilan ishlash, uskunani o‘chirgandan so‘ng, xonadagi havoda vodorodni yo‘qligini tekshirgandan va xonani to‘xtovsiz shamollatishni tashkil qilgandan keyingina bajarilishi mumkin. Ta’mirlash uchun mo‘ljallangan uskunalar joylashgan xonadagi apparatlarda ochiq olov bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ushbu xonada joylashgan ishlab turgan uskunalar quvurlarini ta’mirlashga chiqarilgan uskunalardan ajratilib, o‘sha yerga (zaglushka) dumli qopqoq qo‘yish zarur. Ochiq olov bilan ishlanadigan joy to‘siqlar bilan to‘silishi shart. Vodorod bilan to‘ldirilgan apparatlarda ta’mirlash ishlarini olib borish man qilinadi 1-jadval. Resiverlarni puflab tozalash tartibi.
Download 51.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling