Elektrodvigatellar Reja
Download 51.86 Kb.
|
Elektrodvigatellar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vodorod. Xavfli yonuvchi!»
Muzlab qolgan quvurlar va ochib-yopadigan uskunalarni faqat bug‘ yoki issiq suv bilan isitish mumkin. Gaz siljib chiqayotgan joyni gaz siljishini topuvchi maxsus apparat yoki sovun ko‘pigi yordamida aniqlash mumkin. Gaz siljib chiqayotgan joyni qidirish va muzlagan joyni isitish uchun ochiq olovdan foydalanish man qilinadi. EU xonasida va resiverlar yaqinida chekish, ochiq olov, elektr isitish asboblari va ko‘chma yoritish lampalaridan foydalanish man qilinadi. Apparatlarni nazorat qilish va ta’mirlash mobaynida ularni ichki qismlarini yoritish va ko‘zdan kechirish uchun portlashdan himoya qilingan metall setkalar bilan qoplangan kuchlanishi 12 voltgacha bo‘lgan ko‘chma yoritish lampalaridan foydalanish shart. EU xonalari ichida va eshiklarda GOST 12.4.026-76 ga muvofiq ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi shart; vodorod resiverlarida esa «Vodorod. Xavfli yonuvchi!» degan yozuv bo‘lishi kerak. EU xonalarida tez alanga oladigan portlovchi moddalarni saqlash man qilinadi. Elektrolit bilan ishlash mobaynida maxsus himoya kiyimlaridan (ipgazlamadan tikilgan kostyum, rezinali etiq rezina shimdirilgan fartuk va rezina qo‘lqop) va ko‘zoynaklardan foydalanish zarur. Suyuq yoki qattiq ishqor moddasi teriga, sochga ayniqsa ko‘zga tushsa, kuydirib og‘ir asorat qoldirishi mumkin. Elektrolit zichligini tekshirishga suyuqlikdan namuna olish faqat idishdagi bosim batamom tushirilgandagina bajarilishi shart. Elektrolizerlarga, ayniqsa uning oxirgi plitalariga himoya vositalarisiz tegish mumkin emas. Mahkamlovchi boltlarning izolyasion vtulkalariga va monopolyar plitalar tagidagi izolyatorlarga suyuq ishqorni tushishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Ushbu elementlar izolyasiyasi buzilsa elektr yoyi paydo bo‘lib natijada yong‘inga va avariyaga olib kelishi mumkin. Elektrolizerlar oldidagi polda rezina gilamlari to‘shalgan bo‘lishi kerak. EU uskunalari va quvurlari, resiverlar va resiverlar bilan mashina zali orasidagi quvurlar uzilmagan elektr tizimini tashkil qilishi va yerga ulash uskunalariga ulanishi shart. EU yaqinida apparatlar va quvurlar eng kamida ikki joydan yerga ulanishi zarur. Saqlagich klapanlarini tekshirish uchun uskuna o‘chirilishi va azot bilan puflab tozalanishi kerak. Ishlab turgan uskunada saqlagich klapanlarini tekshirish man qilinadi. Bosim ostida bo‘lgan apparatlar va armaturalarni bolt va gaykalarini mahkamlash man qilinadi. Shlang va shtutserlar mustahkam mahkamlangan bo‘lishi kerak. Montajdan, to‘liq ta’mirdan yoki uzoq vaqt ishlamay turgan EU-ni ishga tushirish javobgar muhandis-texnik xodim nazoratida amalga oshirilishi shart. Uskunadagi ta’mirlash ishlari naryad bilan bajarilishi shart. Download 51.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling