Elektrodvigatellar Reja


Elektrodvigatellarda ishlash


Download 51.86 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi51.86 Kb.
#1469608
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrodvigatellar.

Elektrodvigatellarda ishlash
Elektrodvigatellar va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlarining tok
o‘tkazuvchi va aylanayotgan qismlariga tegish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar olib
borilganda, elektrodvigateldan kuchlanish olib tashlanishi shart.
Elektrodvigatellarni tok o‘tkazuvchi qismlari va uning harakatga keltiruvchi
mexanizmlariga va aylanayotgan qismlariga tegib ishlash kerak bo‘lmagan barcha
ishlarni dvigatel ishlab turgan paytida bajarish mumkin.
Elektrodvigatelda ish olib borilganda yerga ulagichni elektrodvigatelni
taqsimlovchi uskuna (shit) bilan bog‘lovchi kabel elektr tarmog‘ining istalgan
qismiga qo‘yish mumkin. Mexanizmlarning aylanayotgan qismiga tegish darkor
bo‘lmagan ishlarni bajarishda va ulovchi muftani bo‘shatib ajratish kerak bo‘lgan
taqdirda kabel elektr tarmog‘ini yerga ulash talab qilinmaydi.
Agar o‘chirilgan elektrodvigateldagi ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga
to‘xtatilgan bo‘lsa, elektrodvigatelni elektr tarmog‘i bilan ulaydigan kabel elektr
tarmog‘i elektrodvigatel tomonidan yerga ulab qo‘yilishi shart. Kabelning
ko‘ndalang kesimi ko‘chma yerga ulash uskunasini qo‘llashga imkon bermasa,
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektrodvigatellarda kabelning fazalari payining
ko‘ndalang kesimidan kam bo‘lmagan mis sim bilan yoki kabelni fazalari
paylarini o‘zaro bir-biriga ulab ularni izolyasiyalash keraq Ushbu yerga ulash yoki
kabel fazasi paylarini bir-biriga ulash, tezkor-dispetcherlik jurnalida ko‘chma
yerga ulagichlar singari hisobga olinishi shart.
Nasoslar, tugun mo‘rilari va havo yuboruvchi uskunalar elektrodvigatellarida,
agar ushbu uskunalarga ulangan mexanizmlar orqali elektrodvigatelni aylanib
ketishi mumkin bo‘lsa, elektrodvigatellarda ishlashga ijozat berishdan oldin
ularning zadvijka va shiberlari yopilishi va qulflanishi, shuningdek elektrodvigatel
rotorlarini tormozlash choralari ko‘rilishi shart.
Ish olib borilayotgan elektrodvigatel yaqinida joylashgan bir xil turdagi yoki
unga o‘xshash gabaritli elektrodvigatellarga, ishlab turishidan yoki zaxirada
turganidan qat’iy nazar «To‘xta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi shart.
Elektrodvigatellar ishlab turgan paytida aylanayotgan qismlariga qo‘yilgan
to‘siqlarni olish man qilinadi.
YUritmasi qo‘ldan boshqariladigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan
elektrodvigatellarni ulash yoki (yoqish) va o‘chirish dielektrik qo‘lqopda
bajarilishi zarur.
Boshqaruv mexanizmlarining elektr yuritmalari shiber, zadvijka va boshqa
qurilmalar bilan ulangan bo‘lsa, zadvijkalarning elektr yuritmasini ishlashishlamasligini tekshirish, o‘sha uskuna o‘rnatilgan texnologik sexning smena
boshlig‘i ruxsati bilan maxsus brigada amalga oshirishi shart.
Ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risida texnologik sexning tezkorlik-jurnaliga, bu
ruxsatni olganligi haqida esa ishlash-ishlamasligini tekshiruvchi sexning
(bo‘limning) tezkorlik jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Boshqaruvchi mexanizmlar, tartibga soluvchi organlari va ochib-yopuvchi
apparatlarga ulanmagan elektroprivodlarni, elektr yuritmalarning elektr
chizmalarini ta’mirlash va sozlash farmoyish bilan bajarilishi mumkin. Ularni
ishlash-ishlamasligini tekshirishga farmoyish byergan xodim ruxsat beradi. Bu
to‘g‘ridagi yozuvni farmoyish ro‘yxatga olinayotganda yoziladi.
Ish batamom bitirilgunga qadar elektrodvigatelni ishlash-ishlamasligini
tekshirish uchun, uni elektr tarmog‘iga ulash tartibi quyidagicha:
- ish naryad bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ishboshchi naryadning 3-jadvalida ish
tamom bo‘lganligini rasmiylashtirib, naryadni topshiradi;
- ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ish to‘xtatilishi va brigada ish
joyidan chiqarilishi shart.
Ishlash ishlamasligi tekshirilgandan so‘ng naryadning 3-jadvali rasmiylashtirilib,
brigada qayta ishlashga ijozat beriladi.
Ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, brigadaga qayta ishlashga ijozat
berish uchun yangi farmoyish beriladi.

Download 51.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling