A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Plunjer yurish uzunligi va tebranishlar soni


Download 6.89 Mb.
bet88/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Plunjer yurish uzunligi va tebranishlar soni


Belgilangan diametrdagi shtangali chuqurlik nasosining mahsuldorligi nasos plunjerining yurish uzunligi va bir daqiqada tebranishlar soniga bog‗liq. Plunjer yurish uzunligi va tebranishlar sonini oshirish chuqurlik nasosining mahsuldorligi oshishiga sabab bo‗ladi. Nazariy jihatdan aniqki, chuqurlik nasosining Spln ko‗rsatgichlarini qancha oshirsa nasos mahsuldorligi shuncha oshib boradi. Masalan, nasos plunjeri uzunligi Spl = 1 va tebranishlar soni bir daqiqada n = 20 , plunjer chiziqli harakat tezligidan 2Sплn = 40 m/min, plunjer uzunligi 20 m/min (Spl = 1 m va n = 10 yoki Spl = 0,5 m va n = 20) tezlikka ega bo‗lgan nasosga nisbatan 2 marta ko‗p suyuqlik haydash kerak bo‗ladi.
Biroq nasos mahsuldorligi bilan plunjer harakat tezligi orasidagi to‗g‗ri bog‗liqlik har doim o‗zini oqlamaydi. Bu tezlikni ma‘lum darajada oshirish ba‘zida (botish chuqurligi kam bo‗lganda) nasos mahsuldorligining yo‗qotilishiga olib keladi.
Bu vaziyatda tebranishlar soni, ya‘ni plunjerning yuqori va pastga harakati tezligi sezilarli rol o‗ynaydi. Harakatning almashishi orasidagi vaqt klapanlarning to‗g‗ri ishlashi uchun kerakli vaqtdan kam bo‗lmasligi kerak. Tebranishlar soni juda yuqori bo‗lsa plunjer tezligi suyuqlikning so‗ruvchi klapanlardan oqib kirish
tezligidan oshib ketadi va silindr suyuqlik bilan to‗lmay qoladi. Silindrning to‗lmasdan ishlashida plunjer pastga tomon harakatida suyuqlik bilan urilib ishlashiga, natijada shtanga va quvurlarning mustahkamligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi hamda tebranma uskuna detallarining muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib keladi. Plunjer yurish uzunligini oshirish esa aksincha gaz neft aralashmali quduqlarda samaraliroq bo‗lib, nasos to‗lish koeffitsiyentini ya‘ni mahsuldorligini oshiradi,
Quduqlarga tushirishda nasos plunjerining yurish uzunligi odatda noma‘lum bo‗ladi va uni aniqlash talab etiladi, biroq ularni teng shartlarda plunjer yurish uzunligi S hamda bir daqiqada tebranishlar soni n ni oshirib boriladi. Plunjer yurish uzunligi S hamda tebranishlar soni n ni oshirish shtangalarga zo‗riqishni oshishiga, tebranishlar soni n ni oshirish shtangalarning mustahkamligi kamayishiga olib keladi. Bu holda S va n munosabatini, plunjer yurish masofasi tezligi 2Sn nishunday tanlash kerakki, nasos mahsuldorligi qanoatlantishi bilan bir qatorda shtangalarning uzoq muddat ishga yaroqliligini ta‘minlash kerak.
Plunjer yurish uzunligini oshirish va tebranishlar sonini kamaytirish bilan plunjer yurish uzunligini kamaytirish hamda tebranishlar sonini oshirish orqali olish mumkin bo‗lgan mahsuldorlikka erishish mumkin.
Suyuqlikni haydash uchun uzun yurishli rejim tanlashda reduktor valining aylanish vaqti tanlangan turdagi tebranma dastgoh ruxsat etilgan qiymatidan oshib ketmasligi kerak. Tebranishlar sonini kamaytirish nasos shtangalarida titrashni kamaytiradi, metalning chidamlilik muddati va teranma uskunaning ishlash davri uzayadi.
Shunday qilib nasos ishining eng maqbul sharti plunjer uzunligining mos ravishda sekin yurishi orqali olinadigan mahsuldorlikka erishish.
Tebranishlar sonini kamaytirishning boshqa, ayniqsa kam debitli quduqlarni ishlatishda ham afzal tomonlari bor. Kam debitli quduqlarni nasosning sekinyurishli holati bilan qazib olishda quduq debiti oshishidan tashqari uskunaning foydali ish koeffitsiyenti oshadi, chuqurlik nasos qurilmalaridagi avariyalar hamda elektr energiyasi sarfi kamayadi.

    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling