A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Kam debitli quduqlarni ishlatish. Davriy ishlatish
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Kam debitli quduqlarni ishlatish. Davriy ishlatishHar qaysi konda kam debitli quduqlar mavjud bo‗lib, suyuqlik sathi nasos so‗ruvchi qismigacha tushib ketadi. Bunday quduqlarni uzluksiz ravishda nasos silindrining suyuqlik bilan to‗la va to‗la bo‗lmagan hamda davriy ravishda nasos silindri to‗la bo‗lgan holatda ishlatish mumkin. Odatda kam debitli quduqlarni ishlatishda uning mahsuldorligiga mos kelmagan nasos qurilmasi o‗rnatish qatlamdan kelayotgan suyuqlikni qisqa muddatda so‗rib tashlashi natijasida quduqdagi suyuqlik sathi nasos so‗ruvchi qismigacha tushib ketadi va nasosning mahsuldorlik koeffitsiyenti tezda tushib ketadi. O‗rnatilgan qurilmaning foydali ish koeffitsiyentini oshirish uchun va qurilmaning yemirilishini kamaytirish hamda elektr energiyasi sarfini qisqartirish maqsadida bunday quduqlarni davriy ravishda ishlatish rejimiga o‗tiladi. Birinchi navbatda davriy ishlatish rejimiga o‗tkazish uchun mahsulotida qum bo‗lmagan, mahsuldorlik koeffitsiyenti past va statik sath nisbatan balandroq (odatda yuqori bosimli biroq kam suyuqlik oqimiga ega) bo‗lgan quduqlar tanlanadi. Statik sathi past bo‗lgan quduqlarni davriy rejimga o‗tkazish neft qazib olishni kamayishiga olib keladi. Statik satxi juda past quduqlarni oqim juda kichik bo‗lgan yoki to‗xtab turgan vaqtda neft to‗liq yoki qisman yig‗ilishi mumkin bo‗lgan zumpga ega bo‗lgan holda davriy rejimga o‗tkazish mumkin. Statik sathi juda past bo‗lgan quduqlarda davriy ishlatish rejimini faqat mahsuldorligi juda kam yoki ishlatiluvchi qatlam pastki qismida zumpf bo‗lgan quduq tubida neft yig‗ilishi yoki quduq to‗xtatilgan vaqtda yig‗ilishi mumkin bo‗lganda qo‗llash mumkin. Biroq hatto juda kam debitli quduqlarda har doim ham davriy ishlatish uzluksiz ishlatish rejimidan afzal bo‗lmagan. Qatlamga uncha katta bo‗lmagan uzluksiz qarshi bosim hosil qiladigan barqaror oqim mavjud, ayniqsa kam miqdorda qumi bo‗lgan quduqda, ma‘lum debit uchun uzluksiz qazib olish qurilmalari bilan afzalroq sharoit yaratish mumkin. Odatda bu qiyinchilik tug‗dirmaydi va kichik hajmli naoslar hamda reduktorli tebratma dastgohlar bilan kichik tebranishlar soni yordamida suyuqlikni sekin haydash orqali amalga oshiriladi. Suyuqlikni uzluksiz haydash rejimi quduq mahsuldorligidan kelib chiqib o‗rnatiladi. Har qaysi kam debitli quduqqa yoki guruhiga qaysidir ishlatish usulini tanlashda qatlam va quduqning barcha xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‗ladi. Buning uchun to‗xtatilgan quduqqa oqim kelishi yoki suyuqlik sathi ko‗tarilishi tezligining egri chizig‗idan foydalanish kerak bo‗ladi. Bu diagrammadan suyuqlikni turli haydash davri qazib olishdagi yo‗qotish borligi yoki yo‗qligini hisoblash mumkin. 11.32 – rasmda oqim tezligining egri chizig‗i asosida qurilgan quduqning har xil xususiyatiga ko‗ra davriy ishlatish rejimi bo‗yicha grafik ko‗rinishi keltirilgan. Ikkala ko‗rinishda ham 3 tn/sut debitni 4 – soatlik suyuqlik haydash rejimi va 8 – soatlik tanaffusdagi grafigi keltirilgan. AV chiziqlar nasos qo‗shilgan vaqtda, SD – chiziqlar esa to‗xtatilgan holati. SE – egri chizig‗i nasos to‗xtatilgandan keyin quduqdagi sath ko‗tarilishi (qatlamga qarshi hosil bo‗ladigan bosim) bilan oqim tezligi kamayishi egri chizig‗i. Diagrammadagi shtrixlangan ABCD maydonchasi nasosning 4 – soatlik normal ishlash davri. DCEA va DCE maydonchasi esa nasos to‗xtatilgan vaqtdagi normal dinamik sathga yig‗ilgan suyuqlikni haydash vaqti. SVE va SVAYE chegaralari qazib olishning qisqarishi hisobiga yo‘qotish (I grafik) va 8 soat to‘xtatilgan vaqtni uzluksiz vaqt bilan taqqoslaganda qatlamdan suyuqlik oqimining to‘xtashi (II grafik). 11.32 – rasmdagi I grafikdan juda sekin tiklanuvchi sathli qatlam (juda kam mahsuldorlik koeffitsiyenti, yomon o‗tkazuvchanlik)ga mos keladi va sarf xarajatlarni (qurilmalarning yemirilishi, energiya sarfi va boshqa qazib olish sarf – xarajatlari) iqtisod qilishni inobatga olganda qazib olishdagi yo‗qotish kam miqdorda bo‗ladi va bu davriy ishlatish rejimi o‗zini oqlaydi. II grafikda esa aksincha, davriy ishlatish rejimi, oqimning tez tiklanishi natijasida qazib olishdagi yo‗qotish sezilarli darajada bo‗lib, o‗zini oqlamaydi. Bu vaziyatda quduqni uzluksiz ishlatish rejimiga o‗tkazish zarur bo‗ladi. Shu kabi grafikdan foydalanib, har qaysi kam debitli quduqqa rejim belgilashda va qazib olishdagi umumiy yo‗qotishni mumkin qadar minimal qiymatga erishib oqim olish rejimini o‗rnatish mumkin bo‗ladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling