A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet95/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quvur simon shtangani qo’llash. Ayrim holatda qumni chiqarib olishni yaxshilah uchun quvur simon shtangali nasos qurilmasidan muaffaqiyatli foydalaniladi. Bunday shtanga sifatida diametri dq=33, 42, 48 va 60 mm bo‘lgannasos-kompressor quvuridan foydalaniladi.
Quvur simon shtanga, tebtatma-dastgohdan plunjerga harakat uzatuvchi qism va quduqdan qazib olinayotgan suyuqlik uchun quvur sifatida xizmat qiladi.Quvur simon shtanga plunjer bilan maxsus o‘tkazgich bilan briktiriladi.
Suyuqlik plunjerdan chiqib quvur shtanganing ichiga tushadi, slindir ichki qismi suyqlik tushishidan himoyalangan bo‘lib, qum ta‘sirida plunjerning slindrga ushlanib qolish ro‘y bermaydi. Bunda suyuqlikning quduq ustiga oqib chiqish tezligi ham ortadi, qumni chiqrib olish yaxshi bo‘lish ta‘minlanadi.
11.30-rasmda nasos quvur simon shtanga bilan ishlatilayotgan quduq usti jixozining sxemasi keltirilgan.

11.30-rasm.Quvur shtangali nasos qurilmasining chiqish jixozlari sxemasi.
Quvurli chuqurlik nasos silindri nasos kompressor quvuri bilan, plunjeri quvur simon shtanga bilan tushiriladi. Oxirgi quvur simon shtanga 3 uchiga vertlyukcha 2 payvandlanadi va u yordamida shtanga tebratma-dastgoh 1 ga mahkamlanadi.
Yuqoridagi quvur simon shtanga 3 ga quvurcha 4 egiluvchan shlang6 biriktirilgan flanes 5 bilan birgalikda payvandlanadi. Shlanganing ikkinchi uchi flanes bolt yordamida tashlama quvur 7 bilan ulanadi.
Parafin ajralib chiqishini oldini olish. Chuqurlik nasosi bilan ishlatilayotgan quduqda parafinli neftni qazib olishda chuqurlik nasosi qismlariga va ko‘taruchi quvur devoriga parafinning ajralib qotish kabi murakkabliklar sodir bo‘ladi.
Ko‘taruvchi quvur devorida paraffin ajralib qotishi natijasida quvur kesimi yuzasi kichrayib, suyuqlik va shtangalar tizmasini harakatlanishida qarshilikning ortib ketishiga olib keladi.
Parafin qotishini ortishi tebratma-dastgohning balansir boshchasiga tushadigan kuchlanishning ortishiga va muozanatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘taruvchi quvur devorida paraffin qotishi nasosning uzatish koeffitsiyentin
pasaytiradi.Parafinning qattiq bo‘lagi nasosga klapan pastidan kirib zichligining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quduqda yer osti ta‘miri ishlarini o‘tkazish vaqtida sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Quduqdan shtanga bilan plunjerni yoki o‘rnatiladigan nasosni ko‘tarib chiqarishda quduq devoriga qotib qolgan parafinlarni kesib olib chiqish va yuqorisida parafinli tiqin hosil qilishi kuzatiladi. Ko‘pincha shtangani chiqarish neft va parafinni olib tashlash bilan amalga oshiriladi. Ayrim holatda parafinli tiqin shunchalik qotadiki uni olish juda qiyin kechadi. Bunday holatda shtanga bo‘laklarga bo‘linib yoki quvurlar bilan birga chiqariladi.
Chuqurlik nasosli bilan ishlayotgan quduqlarda paraffin qotishiga qarshi kurashishning turli chorlaridan foydalaniladi.
Parafin ajralib qotish sekin kechadigan kamparafinli neftni qazib olishda, ko‘taruvchi quvur vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib, harakatlanuvchi bug‘ qurilmasi bilan eritib tozalab olinadi. Bu usul quduqni to‘liq to‘xtatish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun uni paraffin sekin bir necha oy davomida qotishi kuzatiladigan quduqlarda o‘zini oqlaydi.

11.31-rasm. Plastina simon skrebka 1-plastina; 2-xomut; 3-shtanga
Parafin miqdori ko‘p bo‘lgan quduqlarda quduq to‘xtatilmasdan va quvur yer yuzasiga ko‘tarib chiqarilmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan quyidagi usullardan foydalanilgan maqul: 1) shtangalar tizmasiga mahkamlangan turli xil konstruksiyali skrebkalar bilan tozalash; 2) quvur orti qismiga bug‘ yoki issiq neft haydab quvurni qizdirish orqali; 3) ko‘taruvchi quvurni elektr toki bilan qizdirish- elektrodeparafinizasiya usuli.
Quvurni elektrodeparafinizasiya usuliyordamida parafindan tozlash elektroenergiyaning sarfi ko‘pligi va xizmat qiluvchi xodimlarga xavfning yuqoriligi uchun qo‘llash cheklanadi.
Nasos quvurini termik usulda deparafinizasiya qilishning turli variyantlaridan foydalaniladi. Termik usulda parafinsizlashtirishning oddiy usuli chuqurlik nasosi usulida ishlab turgan quduqni issiq neftni quvur ortki qismiga haydash



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling