A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti jihozlari
Nasos shtangalariNasos shtangasi tebratma-dastgohning individual yer usti harakatlantiruvchi qismini va ShQN bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Quduq nasosi plunjeriga tebratma harakatni uzatishga xizmat qiladi. Shtanga diametri 12 dan 28 mmgacha va uzunligi 1000 dan 8000 mm gacha bo‘lgan ikki tomonida rezba ochilgan po‘lat sterjindan tayyorlanadi(11.10-rasm). Shtanga legirlangan po‘latdan tayyorlanadi(11.6, 11.7-jadvallar). Uzunligi 1000, 1200, 1500, 2000 va 3000 mm bo‘lgan qisqartirilgan shtangalar shtangalar tizmasining uzunligini meyorlash uchun xizmat qiladi. 11.10-rasm. Nasos shtangasi 11.6-jadval
11.7-jadval
Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti jihozlariQuduq usti jihozi tizma boshchasining yuqori flanesiga o‘rnatiladi(1-ilova). Quduq usti jixozlarining vazifasi; -quvurlar oralig‘ini zichlash; -quduq maxsulotini yo‘naltirish; - NKQ lari tizmasini osish. Quduq usti jixozlariga katta talab qo‘yiladi, shunday ekan quduq ustida bosim 4MPa gacha yetishi mumkin (yuqori qovushqoq suyuqlikda). 11.11-rasmda keltirilgan NKQ ushlash uchun mo‘ljallangan uchlik, ustki salnik va armaturali bog‘lam eng ko‘p tarqalgan jixoz sanaladi. NKQ ni ushlab turuvchi armatura. Tizma boshchasining 1 flanesiga planshayba 2 mahkamlanadi, u ichki slindrik rezba va ikkita teshikchaga ega (gorizontal yon teshigi quvur ortki qismidan gazni chiqarishga xizmat qilsa, tik teshik dinamik sathni aniqlovchi –exolot qurulmasini o‘rnatish uchun xizmat qiladi). Planshayba ustida ikki tomonidan rezba ochilgan mufta 4 mahkamlanadi. Yuqori rezbasiga uchlik 5 mahkamlanadi, pastki rezbasiga NKQ 3 mahkamlanadi(yoki quvurcha). NKQ tizmasi quduq o‘qiga nisbatan markazida joylashtiriladi. Bunday joylashtirish quvur ortki qismiga chuqurlik asboblarini tushirish uchun kerak bo‘ladi. 11.11-rasm. Quduq usti jixozlari sxemasi. 1-tizma boshchasi flanesi; 2-planshayba; NKQ; 4-yuqori mufta (tayanch mufta); 5-uchlik; 6-sal‘nik; silliq shtok; 8-sal‘nik boshchasi(qopqog‘i) Uchlik. Uchlik 5 (11.11-rasm) quduq mahsulotini chiqish chizig‘iga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Ustki salnik. Uchlik yuqori qismiga ustki salnik o‘rnatiladi. Uchlikni zichlash va silliq shtokdan 7 chiqishni zichlash uchun xizmat qiladi(11.11-rasm). Salniklar turli tuzilishli bo‘ladi (11.11 va 11.12 –rasm). O‘zizichlovchi salnik (11.11-rasm) korpusdan tuziladi va uchlikka mahkamlanadi. Korpus ichida silliq shtokni 7 zich ushlovchi neftga bardoshli rezinali halqali salnik joylashtiriladi. Berilgan tuzilishli salmnik plunjer yoki o‘rnatiladigan nasosni yer yuzasiga uchlikni yechmasdan va chiqish chizig‘ini ajratmasdan amalga oshirishni imkonini beradi. СУС(quduq usti salnigi) turidagi salnikning farq qiluvchi tomoni zichlovchi tiqin va uchlikli salnik boshchasi oralig‘ida sharli sharnir 1 bo‘shlig‘i mavjedligi (11.11-rasm). Sharnirli birikma, salnik boshchasini o‘zini o‘rnatishni osonlashtirish uchun xizmat qiladi va salnikning ishlash vaqtini uzaytirishga xizmat qiladi. 11.12-rasm. СУС turidagi ustki salnik Quduq ustki salnikli moslamasi ikki turda tayyorlanadi: СУС1- birqavat zichlagichli-kichik statik sathli va gaz hosil bo‘lmayotgan quduq uchun(11.12-rasm) va СУС2-ikki qavat zichlagichli. Ustki salniklarning texnik tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan. СУС1A-73-31 SUS2A-73-31 Briktiruchi rezba, mm 73 73 Ustki shtok diametri, mm 31 31 Maksimal bosimi(harakatsiz shtok va tortilgan salnikli tiqinda),MPa 7 14 Tashqi o‘lchami, mm 340x102x440 340x102x560 Og‘irligi, kg 19 22 Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling