A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Ishchi agentning quduqlar bo’yicha taqsimlanishi
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Ishchi agentning quduqlar bo’yicha taqsimlanishiNeft qazib oluvchi maydonda kompressor usulida ishlatishni tashkil qilish uchun kerakli gaz yoki havoni belgilangan bosimgacha siqa oladigan bir yoki bir nechta kompressor-mashinalar bilan jixozlangan kopressor stansiyasiga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. Quduqni ishlatishda ishchi bosimi 50·105 Pa, ush bu bosimdagi quvvati 21 m3/min bo‘lgan ikki va uch bosqichli porshenli kompressorlardan foydalaniladi. Siqilgan ishchi agent (gaz yoki havo) kompressor stansiyasidan quvur orqali taqsimlovchi tugunga (butka) beriladi. Har bir butka o‘ziga yaqin bo‘lgan 4 dan 30 tagacha quduqni ishchi agent bilan ta‘minlaydi. Gaz taqsimlovchi budka bir biridan zadvijkalar bilan ajratilgan o‘xshash bir necha seksiyadan iborat batareyadan tashkil topgan bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatadigan quduqlar sonidan kelib chiqib batareyaga birdan sakkiz seksiyagacha o‘rnatiladi. Taqsimlovchi batareya seksiyasi (10.7-rasm)mos magistral quvurlar bilan ta‘minlanadigan uchta kollektorga (ishga tushirish, o‘rta va past bosimli) ega bo‘ladi. Har bir kollektordan harqanday quduqqa siqilgan gaz meyyorlovchi ventil tizimi orqali uzatiladi.Ventilni ochish va yopish hisobiga undan o‘tayotgan gaz miqdorini o‘zgartirish mumkin. Gazhavo taqsimlovchi butka yong‘inga bardoshli materiallardan foydalanib tayyorlanadi. Ishchi agent gaz bo‘lsa butka yaxshi shamollatish tizimiga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. 10.7-rasm. Gaz taqsimlovchi batareya seksiyasining sxemasi 1-o‘rtacha bosimli ishchi chiziq; 2-past bosimli ishchi chiziq; 3-ishga tushiruvchi chiziq. Gaz tarkibidan namlik va kondensatni ajratish uchun taqsimlovchi butkadan oldin turli konstruksiyali namlik ajratgichi o‘rnatiladi. Zichlovchi va meyyorlovchi ventellar gaztaqsimlovchi batareyalarning muhim qismlaridan hisoblanadi. Zichlovchi ventil asosiy quvurdan chiqishga, meyyorlovchi ventil bevosita quduqqa ketayotgan quvurga o‘rnatiladi. 10.8-rasm.Zichlovchi ventil Zichlovchi ventil (10.8-rasm)meyyorlovchi ventildan sedlosining teshigi kattaligi va ignasimon klapani kichik konusligi bilan farq qiladi. Ventil puxta ishlangan korpus 1, unga payvandlangan flanes 2, korpus ichiga 45o ostida burab mahkamlangan sedlo 3, ignasimon klapan 4, unga bog‘langan shtok 5, u o‘z navbatida korpus qapqog‘i 6 ga mahkamlangan. Shtok o‘tuvchi qisimni zichlash uchun qisuvchi gayka 7 ning tagiga salnik urilgan bo‘ladi.Shtokning qotirilishi va bo‘shatilishi hisobiga ignasimon klapan ventilni ochib yopadi. Taqsimlovchi batareya orqali quduqqa tushayotgan gazning miqdorini aniqlash uchun o‘zi yozar diafragmali manometrdan foydalaniladi. Har bir manometer uchun diafragma quduqqa ketayotgan quvurning to‘g‘ri qismda o‘rnatiladi. Kompressor qudug‘i ishlash rejimi unga uzatilayotgan ishchi agentni uzatish miqdorini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Meyyorlovchi ventilni yopish va ochish orqali har bir quduqqa kerakli ishchi agentni miqdorini uzatish mumkin. Tadqiqot natijalariga asoslanib maksimal qazib olish ko‘rsatkichiga yerishish uchun har bir quduq uchun ma‘lum gaz (havo)miqdori o‘rnatiladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling