A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Favvora qudug’ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Favvora qudug’ini ishlatishda xavfsizlik texnikasiFavvora armaturasini ishlatishning birdan bir asosiy sharti, uning barcha qismlarining zichligi va maksimal mustahkamligidir. Armatura birikmalaridagi musrahkamligiga flansning qalinligi oshirilish va yuqori sifatli boltlar va kam uglerodli po‘latdan tayorlangan prokladkadan foydlanish orqali erishiladi. Armatura brikmalarida qo‘rg‘oshinli yoki yengil yeriydigan metallardan tayyorlash tavsiya qilinmaydi, bunday prokladkalarni qizdirilsa tezda yeriydi va gazning chiqishi kuzatiladi. Quduq armaturasi bosim ostid kelayotgan gaz va qum yemirishiga bardoshli bo‘lishi shart. Favvora armaturasini ajratgich bilan imkon qatar to‘g‘ri quvur bilan bog‘lash talab qilinadi. Quvuruzatgichlar biryarim baravar ortiq bosim bilan sinash tavsiyia qilinadi. Barcha armatura yig‘ilib bo‘lgandan keyin mustahkamlik va zichlikka sinab ko‘riladi. Berilgan armaturaga mo‘ljallangan sinash bosimiga tekshirish buferdagi teshik orqali suv bilan amalga oshiriladi. Bu bilan deyarli to‘liq ochiq favvoralanish xavfidan holi bo‘linadi. Favvora qudug‘iga xizmat qilishda xavsizlik choralari quduq ishi va jixozlarini doimiy kuzatishga asoslanadi. Barcha manomertlarni rejalashtirilgan vaqt oralig‘ida tekshirib borishni taqozo etadi. Xizmat qilish vaqtida barcha brikmalarni mustakamlikka tekshirish kerak bo‘ladi. Birikmalarda kichik gaz qo‘yilishi kuzatilsa ham nosoz qisimni zudlik bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Asosiy kuzatuv shututserga qaratilishi lozim. Uning konstruksiyasi almashtirish uchun yengil va oson bo‘lishi kerak. Agar favvora armaturasining balandligi 2 m dan baland bo‘lsa, unga xizmat qilish osond bo‘lishi uchu maxsus maydon va zina bilan jixozlangan bo‘lishi kerak. Favvora quvurini ishga tushirishda ochiq favvoralanishni oldini olish uchun bajariladigan tadbirlar: quduqni ustigacha suyuqlik bilan to‘ldirish; otqinga qarshi burg‘ilash moslamasi bo‘lishi shart; quyida ko‘rsatilgan texnik kuzatuvni amalga oshirish. Gaz muhiti sharoyitida quvurni tushirish vaqtida bajariladigan ishlar: quvur muftasi flansga urilib uchqin chiqishini oldini olish uchun quduq ustiga mis voronka o‘rnatish; uchqun bermaydigan mis instrumentlar bilan ishlash; v) elektr toklarni o‘chirib, 30 m dan uzoqqa joylashtirilgan projektor bilan ishlash. Agar ochiq favvorani o‘chirish imkoni bo‘lmasa, unda: barcha ishchilarni ho‘llanmaydigan kiyim bilan ta‘minlash; ishchilarni gazli muhitda 15 minutdan uzoq qolmasligini ta‘minlash; ishlovchilarni uchqun bermaydigan soz instrument bilan ta‘minlash; protivagaz va dori-darmonli aptechka bilan ta‘minlash, faqat projektor bilan ishlash. Ochiq favvora vaqtida quduq atrofiga qo‘riqchilar qo‘yish va quduq atrofidan 200 m radiyusda ochiq alangaga yo‘l qo‘ymaslik va ishlayotgan va burg‘ilanayotgan quduqlarni to‘xtatish kerak bo‘ladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling