A. I. Hamzaev M. X. Suyarova


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1253838
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1615-1621

 
KIRISH 
 
Texnika oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, o‘z ixtisosligi bo‘yicha faoliyat olib 
borishni boshlayotgan kadrlar ishlab chiqarish va texnikaning ko‘pgina sohalarida 
amaliy masalalarni hal qilish kabi muammoga duch keladi. Bu muammolarni yechish 
ulardan ko‘plab fizik-ximik hodisalarni o‘rganish va uni tahlil qilishda masalani 
matematik modellashtirish va uni yechish kabi malaka va ko‘nikmalarni talab etadi. 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1615-1621 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1616 www.ares.uz 
Texnika Oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning malakaviy darajasi 
jahon tajribasida qabul qilingan talablarga javob berishi oliy ta’lim muassasasi 
professor-o‘qituvchilaridan samarali masofaviy ta’lim texnologiyalaridan keng 
foydalanishni, jumladan virtual metodik ta’minot bo‘yicha yangi pedagogik 
texnologiyalarni yaratish va uni o‘qitishda qo‘llash kabi masalalarni kun tartibiga 
qo‘ymoqda [1]. 
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA 
Hozirgi vaqtda o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiya va elektron 
hisoblash texnologiyalarini qo‘llash ta’lim muassasalarida ta’limni rivojlantirishning 
yangi bosqichini boshlab berdi. Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi 
texnologik jarayonlarni o‘rganish va uni tahlil qilishda masalani matematik 
modellashtirish va uni yechishning imkoniyatlarini oshirmoqda.
Belgilangan 
texnologik maqsadlarga erishishda masalan, elektr va elektron sxemalarni ishlab 
chiqish va modellashtirish uchun turli xil apparat va dasturiy vositalar ishlatiladi [2].
AQShning “National Instruments” firmasi tomonidan yaratilgan “Multisim” 
dasturi elektr zanjirlar, elektron sxemalar va raqamli qurilmalarni mantiqiy 
modellashtirish uchun asboblarni o‘z ichiga olgan sodda va o‘rganilishi oson bo‘lgan 
dasturlardan biri hisoblanadi. Ushbu dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
undan qurilmalarning elektron va elektr zanjirlarini modellashtirish, sxemalarni vitual 
ko‘rinishda yig‘ish, ishga tushirish, shuningdek ularni hisob-kitoblarini amalga 
oshirish va grafiklar tuzish mumkin [3,5]. 
Ushbu maqola RLC elektr zanjirini xarakterlovchi differensial tenglamani 
tuzish va uni yechish, ushbu elektr zanjirini Multisim dasturida yig‘ish va natijalarni 
vizual ko‘rinishda tasvirlash orqali zanjir tebranishlarining fizik mohiyatini 
taqqoslama tahlil qilish usullariga bag‘ishlangan. 
RLC elektr zanjirini doimiy kuchlanish manbaidan uzib qo‘yilganda zanjirida 
ro‘y beradigan o‘tkinchi jarayonni ko‘rib chiqamiz. [10,11]. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling