А. I. Hayitov, Nizomiy nomidagi tdpu o’qituvchisi I. Axtamova Nizomiy nomidagi tdpu 2-kurs talabasi


Download 11.19 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi11.19 Kb.
#1596487
Bog'liq
А. Хайитов Axtamova I


BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING SAMARALI YO’LLARI
А.I.Hayitov,
Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi
I.Axtamova
Nizomiy nomidagi TDPU 2-kurs talabasi

Hozirgi kunda Respublikamizda ta’limning o’rni kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, ta’lim sohasiga oid juda ko’p islohotlar olib borilmoqda. Ta’lim yosh avlodni hayotga tayyorlashning asosiy va eng samarali vositasidir. Inson uchun ta’lim olishning fundamental bosqichi bu boshlang’ich ta’limdir. Agar o’quvchilar boshlang’ich ta’limda fanlarni yaxshi o’zlashtirsa, yetarlicha bilimga ega bo’lsa, yuqori sinfga o’tganda qiynalmaydi. Buning uchun boshlang’ich ta’lim o’qituvchisidan darslarni an’anaviy shaklda emas, balki nosn’anaviy shaklda, turli xil pedagogik texnologiya, interfaol metod va didaktik o’yinlardan foydalanib dars o’tishi talab qilinadi. Bundan tashqari, boshlang’ich sinf o’qituvchisi sinfdagi har bir o’quvchiga alohida e’tibor berib, ularning darslarni yaxshi o’zlashtirishiga zamin yaratishi kerak.


Boshlang’ich ta’lim - inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo’lib hisoblanadi, kelajakda o’zlashtirib boriladigan fanlarga, umuman o’qishga bo’lgan qiziqishi bolaning aynan shu davrida rivojlanadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining faoliyati eng, avvalo, kichik yoshdagi, ya’ni endigina maktabgacha ta’lim muassasasidan kelgan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga moslashtirish bo’lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang’ich sinf o’qituvchisi darslarini turli xil interfaol metodlar va didaktik o’yinlardan foydalanib o’tishi, shuningdek, ta’lim va tarbiya berishi, ularga dastlabki bilimlarni zamon bilan hamnafas tarzda yetkazib bera bilishi zarur. O’qitishning asosiy maqsadi ham o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishi hamda ta’lim olishi hisoblanadi, chunki kelajakda o’zlashtirib boriladigan fanlarga, umuman o’qishga bo’lgan qiziqishi aynan bolaning ilk o’qituvchisi, boshlang’ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli ham boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, o’qish, yozish va dastlabki matematik bilimlarni o’zlashtirishi kerak, deb qaralgan bo’lsa, bugungi kunda o’quvchi mustaqil fikrlashga, faollikka, o’zida bo’lgan mustaqillikni rivojlantirishga va bilimlarini mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undaydigan ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shuningdek, boshlang’ich ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, turli xil interfaol metodlardan foydalanib bilim berish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa ,avvalo, interfaol metodlarning mohiyatini bilish va anglash zarur Shuningdek, "Ta’lim Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang’ich sinf o’quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interfaol metodlardan. Interfaol metod- ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashga o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi esa, o’quvchilarga aniq yo’nalish berish, to’g’ri xulosalarni aytishdan iborat.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar sonining ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviyishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt davomida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifasi mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo’llab, o’quvchilarga chuqur bilim berishdir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga olib kirildi. Interfaol metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, bunda o’qituvchi o’quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to’g’ri xulosani aytadi, natijada o’quvchi o’z xatosini tushunib, fikrlashdan to’xtamaydi ular o’rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning moddalarida Respublikadagi ta’lim beruvchi xodimlarning zimmasiga o’ta mas’uliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish hamda o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, ya’ni ta’lim oluvchilarga talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosiy ekanligi barchamizga ma’lum. Bu haqda muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning quyidagi so’zlari ibratlidir: "Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida ,avvalo, shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi". “Fikriy hujum” metodi
Mazkur metod o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiya Sudan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang, g’oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rganish uchun xizmat qiladi. "Fikriy hujum" metodining asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi. "Fikriy hujum" metodidan foydalanish chog’ida o’quvchilarning soni o’n beshtadan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Bu metodni boshlang’ich sinf ona tili darslarida har bir bob tugagandan keyin o’tkazsa bo’ladi. Bunda o’qituvchi o’tilgan bobdagi mavzulardan birini tanlaydi va o’quvchilar shu mavzu yuzasidan mustaqil fikrlarini o’rtaga tashlaydilar va munozara shaklida olib boradilar. Bu metodni qo’llash orqali o’quvchilar o’zaro fikr almashib bobdagi mavzularni mustahkamlaydilar, o’z fikrlarini erkin bayon qila olishga harakat qiladilar hamda har bir mavzu yuzasidan mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Bundan tashqari ularning og’zaki nutqi rivojlanadi, lug’at boyligi oshadi.
Alifbo metodi - bu metod o'quvchilarni harflarni yaxshi o'zlashtirishga ya'ni harflarni yodda tutishga yordam beradi. Alifbo metodida oq qog'ozlardan 8-10 sm qilib,kesib olinib ularga o'zbek tili alifbosidagi harflar tushiriladi. Ulardan kartochkalar hosil qilinib,u kartochkalarni o'quvchilarni guruhlarga bo'lib,shartlar asosida metodni qo'llaymiz.
1.Alifbodagi barcha harflarni qog'ozchaga tushirish.
2.Alifbo yuzasidan unlilar va undoshlarni topish.
3.Alifbo yuzasidan jarangli va jarangsiz harflarni topish.
4.Alifbo harflaridan "Toshkent" so'zini yasash.
5.Alifbo harflar yuzasidan o'qituvchi ismini yasash.
6.Alifbo harflar yuzasidan "Men maktabda o'qiyman" so'zini yasash.
7.Harflar yuzasidan "X" va "H" harflariga tegishli so'zni hosil qilish.
8.Alifbo harflaridan tutuq belgisi qatnashgan so'zlarni yasash.
9."NG" harfi qatnashgan so'zlarni yasash.
Bu metod o'quvchilarni nutqini o'stirishga, harflarni to'g'ri ajrata olishga samarali yordam beradi.Ular bu metoda jamoa bilan ishlashni ham yaxshi o'ganadilar.Har bir o'quvchini izlanishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi ona tili darslarini interfaol metodlar asosida o’tishi uchun, avvalo, o’tiladigan mavzuga doir metodlarni to’g’ri tanlay olishi, metodlarni o’zi puxta bilishi hamda amaliyotda o’rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to’g’ri qo’llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko’p qo’llansa, o’quvchining ona tili faniga bo’kgan qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Interfaol metodlar o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi rivojlanishiga, mavzularni oson tushunishga yordam beradi, ularni izlanishga, erkin fikrlashga , ijodiy faoliyat yuritishga va mavzuni yaxshi o’zlashtirib, yetarlicha xulosa chiqarishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. “Ta’lim to’g’risida” gi qonun.
2.Hayitov.A.I. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiyasi. “Zuhra Baraka Biznes” T.: 2021.
3.Qosimova K, Fuzailov S, Nurmatova A. “Ona tili o’qitish metodikasi”. Noshir nashriyoti. O’quv qo’llanma. T.: 2009. 23-b
Download 11.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling