- Soliq undirilmaydigan yer uchastkalari
- 1. Quyidagi yerlar, chunonchi:
- a) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, ariq tarmoqlari va hokazo);
- b) bog‘dorchilik-dehqonchilik shirkatlari, jamoat garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
- v) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatidagi yerlar (qo‘riqxonalar, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar (ov qilishga mo‘ljallanganlaridan tashqari) va tabiat yodgorliklari, ihota daraxtzorlari;
- g) sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazish ahamiyatidagi (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash uchun maqbul tabiiy omillarga ega bo‘lgan) yerlar;
- d) istirohatgoh yerlar (o‘rmonzorlar, bog‘lar, hiyobonlar, sayrgohlar, cho‘milish joylari va shunga o‘xshash aholining ommaviy dam olishi va sayyohlikni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar;
- e) tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlar (tarixiy madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, qabristonlar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari va hokazo);
- j) suv fondi yerlari (daryolar, qo‘llar, suv omborlari, kanallar, ichki dengizlar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xo‘jaligining ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari tegrasidagi yerlar va boshqalar
Qishloq xoʻjalik korxonalarida yer asosiy vosita va yerlarning sifati alohida ahamiyatga ega ekanligini hamda dehqonchilikning rivojlanish darajasini hisobga olib, sugʻoriladigan yerlar bonitet ballaridan kelib chiqib, 10 sinfga boʻlingan. Ye.s.ni hisoblashda bazaviy stavkalarga hukumat tomonidan tasdiqlangan koʻpaytirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi. Har bir tuman boʻyicha sugʻoriladi-g a n eng past sifatli yerlarga alohida bazaviy stavkalar belgilangan.
Etiboringiz uchun raxmat! - Etiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |