A isayev, G. Anvarjonova, N. Shokirov
Hijriy-shamsiy yilda 30 kundan iborat oylar nomi qaysi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
87ortaosiyovaozbtabgeografiyasipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Tiksi va Yakutsk shaharlari qaysi soat mintaqasida joylashgan A) 6 B) 7 C) 8 D) 9
8. Hijriy-shamsiy yilda 30 kundan iborat oylar nomi qaysi
javobda berilgan? A) hamal, sunbula, qavs B) sunbula, qavs, mezon C) sunbula, qavs, aqrab D) sunbula, qavs, javzo 9. Qaysi oylar 29 kundan iborat? 18 A) mezon, hamal B) mezon, sunbula C) mezon, qavs D) mezon, aqrab 10. Tiksi va Yakutsk shaharlari qaysi soat mintaqasida joylashgan? A) 6 B) 7 C) 8 D) 9 III-bob. O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi Yerning geologik tarixini har birimiz bilishimiz kerak. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, to hozirgi holatiga kelguncha ketgan vaqt - geologik vaqt deyiladi. Geologik vaqt hisobi - geologik sana deyiladi. Geologik sana yirik ikkita bosqichga - eonlarga (kriptozoy, fanerozoy), eralarga ( arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy) va har bir era davrlarga bo‘linadi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam-qatlam bo‘lib yotishidadir. Ma’lum bir tog‘ jinsining hosil bo‘lganidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Tog‘ jinsining mutlaq yoshi va nisbiy yoshi ilmiy usullar yordamida bilib olinadi. Tog‘ jinslarining yoshi hozirgi paytda, asosan, radiologik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv elementlarning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo‘lishiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan. Tarkibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi kaliy- argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Proterozoy erasining oxiri, paleozoy erasining boshida baykal, paleozoy erasining birinchi yarmida kaledon, ikkinchi yarmida gersin, mezozoy erasida kimmeriy laramiy, va nevadiy, kaynozoy erasida alp buramalanishlar sodir bo‘lgan. O‘rta Osiyoda zilzilalar bo‘lishining asosiy sababi Pomir va Tyanshan tog‘larining ikkita litosfera plitalari : Yevrosiyo va Hindiston-Avstraliya plitalari to‘qnashgan chegarada joylashganligi va bu tog‘larning to‘xtovsiz ko‘tarilishda davom etayotganligidir. O‘rta Osiyodagi yuqori sifatli toshko‘mirning yirik koni Markaziy Qozog‘iston (Qarag‘anda, 19 Ekibastuz) da joylashgan. Marmar konlarining eng yiriklari O‘zbekistondagi Nurota tog‘ida (G‘ozg‘on), Omonqo‘ton va Oqtoshda joylashgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling